ALISHER NAVOIYNING «LAYLI VA MAJNUN» DOSTONIDAGI QAHRAMONLARINING FOLKLORDAGI ZAMINI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH; Vol. 2 No. 7 (2025): Turkish Conference on Problems and Solutions of Scientific and Innovative Research; 23-29.

Adolat, Nuralieva (2025) ALISHER NAVOIYNING «LAYLI VA MAJNUN» DOSTONIDAGI QAHRAMONLARINING FOLKLORDAGI ZAMINI. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH; Vol. 2 No. 7 (2025): Turkish Conference on Problems and Solutions of Scientific and Innovative Research; 23-29.

[thumbnail of 7770.pdf] PDF
7770.pdf - Published Version

Download (778kB)

Abstract

Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodida yaratilgan “Layli va Majnun” dostoni va uning yaratilish tarixi xususida to‘xtalib, kitobiy shakli qiyoslanadi. Navoiy “Layli va Majnun” dostonining xalq ijodiyoti zaminida paydo bo‘lgani, uning “avom” (oddiy xalq) va roviylar og‘izdan-og‘izga o‘tkazib hikoya qilib kelganini ta’kidlaydi va o‘z dostonida Layli va Majnun haqidagi afsona va rivoyatlardan foydalanadi. Biroq, uning asl maqsadi “afsona” so‘zlash emas, balki “mazmun” bayon etishdir. “Afsona” asarning “mavzun libosi” bo‘lsa, hayot, Navoiy yashagan muhit masalalari asarning mazmuni, mohiyatidir. “Layli va Majnun” dostonidagi qahramonlarining vujudga kelishi va takomili, bir tomondan, ko‘hna tarixga, ikkinchi tomondan, xalq ijodiyoti bisotiga bog‘lanadi. Qays (Majnun), Layli kabi obrazlar aslida tarixiy prototiplar asosida vujudga kelgan bo‘lsa ham, boshlab ular xalq fantaziyasi, badiiy ijodkorligi bilan yo‘g‘rilib, folklor qahramonlari sirasidan o‘rin olgan, keyin yozma adabiyot obidalari tomon yo‘l olganligi, kamolot cho‘qqisiga ko‘tarilganligi xususida so‘z boradi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from Problems and Solutions of Scientific and Innovative Research
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 25 Sep 2026 22:23
Last Modified: 25 Sep 2026 22:23
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/10831

Actions (login required)

View Item
View Item