RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV SUG‘URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS; Vol. 2 No. 10 (2025): INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS; 32-37.

Eshqorayev, Javohir (2025) RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV SUG‘URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS; Vol. 2 No. 10 (2025): INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS; 32-37.

[thumbnail of 9177.pdf] PDF
9177.pdf - Published Version

Download (305kB)

Abstract

So‘nggi yillarda pandemiya, inflyatsiya va ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik kabi global muammolar sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirdi. Shu sharoitda inklyuziv sug‘urta konsepsiyasi moliyaviy xavf-xatarlarga qarshi himoya vositasi sifatida alohida e’tibor qozonmoqda. Ushbu maqolada inklyuziv sug‘urtaning mohiyati, rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyotidagi o‘rni va O‘zbekiston iqtisodiy tizimida uni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida inklyuziv sug‘urtaning ijtimoiy ahamiyati, past daromadli aholi qatlamlarini moliyaviy tizimga jalb etishdagi roli hamda u orqali kambag‘allikni kamaytirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari yoritilgan.
Geneva Assotsiatsiyasi, BMT Taraqqiyot Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida inklyuziv sug‘urtaning rivojlanishidagi asosiy to‘siqlar – mahsulotlarning mavjudligi, kirishuvchanligi, arzonligi va xabardorlik darajasi – tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, raqamli texnologiyalarni joriy etish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, moslashuvchan to‘lov tizimlarini yaratish, davlat tomonidan soliq imtiyozlari va subsidiyalarni kengaytirish, hamda mahalliy hamkorlikni kuchaytirish kabi yo‘nalishlar inklyuziv sug‘urtaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi asosiy omillar sifatida belgilangan.
Natijada, maqolada O‘zbekistonda inklyuziv sug‘urta tizimini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish hamda global iqtisodiy tizimga integratsiyani jadallashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy xulosalar keltirilgan.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from ICMDPL Conference
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 25 Sep 2026 22:23
Last Modified: 25 Sep 2026 22:23
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/11114

Actions (login required)

View Item
View Item