KO‘KRAK BEZI SARATONIDA SKRINING DASTURLARINING SAMARADORLIGI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. Maxsus son (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 464-469.

Xudoyqulova, Zebo and Bobonazarov, Ilhom and Ismoilova, Feruza and Abdiraimova, Dilrabo and Muhiddinova, Aziza and Chorshanbiyev, Sarvar (2026) KO‘KRAK BEZI SARATONIDA SKRINING DASTURLARINING SAMARADORLIGI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. Maxsus son (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 464-469.

[thumbnail of 972.pdf] PDF
972.pdf - Published Version

Download (455kB)

Abstract

Ko‘krak bezi saratoni dunyo miqyosida ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan onkologik kasalliklardan biri hisoblanadi va o‘lim ko‘rsatkichining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Kasallikni erta bosqichlarda aniqlash bemorlarning yashash davomiyligini oshirish hamda davolash samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqotda ko‘krak bezi saratonini aniqlashga qaratilgan skrining dasturlarining tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Mammografiya, ultratovush tekshiruvi hamda klinik ko‘rik kabi skrining usullarining kasallikni erta diagnostika qilishdagi o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritilgan.Skrining dasturlarining muntazam amalga oshirilishi kasallikning invaziv bosqichga o‘tishining oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish hamda sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan iqtisodiy yukni kamaytirishga xizmat qilishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari skrining dasturlarini aholining xavf guruhlari orasida keng joriy etish, ayollarning tibbiy savodxonligini oshirish hamda profilaktik tekshiruvlarga jalb etish zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, milliy skrining strategiyalarini takomillashtirish orqali ko‘krak bezi saratonidan kelib chiqadigan asoratlar va mortalitet darajasini sezilarli kamaytirish mumkinligi asoslab beriladi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 25 Sep 2026 22:24
Last Modified: 25 Sep 2026 22:24
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/11427

Actions (login required)

View Item
View Item