Zuxriddin, Zokirov and Iroda, Sa'dullayeva (2026) BOLALARDA QAYTALANUVCHI SIYDIK YO‘LLARI INFEKSIYALARIDA TLR4 GENI POLIMORFIZMLARINING KLINIK AHAMIYATI. FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI; Vol. 3 No. 7 (2026): FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI; 27-29.
37178.pdf - Published Version
Download (333kB)
Abstract
Qaytalanuvchi siydik yo‘llari infeksiyalari (QSYI) bolalarda eng ko‘p uchraydigan bakterial kasalliklardan biri bo‘lib, ularning takrorlanishi surunkali yallig‘lanish, buyrak parenximasida chandiqlanish va kelgusida surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar infeksiyaga moyillikning faqat anatomik yoki mikrobiologik omillar bilan emas, balki mezbon organizmning genetik xususiyatlari bilan ham bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, tug‘ma immunitetning muhim komponenti bo‘lgan Toll-like receptor 4 (TLR4) geni polimorfizmlari uropatogen mikroorganizmlarni tanish va ularga qarshi immun javobni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur tezisda TLR4 geni polimorfizmlarining bolalarda qaytalanuvchi siydik yo‘llari infeksiyalaridagi o‘rni, ularning klinik ahamiyati hamda shaxsiylashtirilgan tibbiyotdagi istiqbollari tahlil qilinadi
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Fan, ta'lim, texnologiya va ishlab chiqarish integratsiyasi |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 26 Sep 2026 22:25 |
| Last Modified: | 26 Sep 2026 22:25 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/11975 |
