Sayilova, Muxabbat (2025) Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlarida ko‘p tillilik kompetensiyasini shakllantirishning psixolingvistik omillari. CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH; Vol. 2 No. 5 (2025): CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH; 158-164.
22719.pdf - Published Version
Download (326kB)
Abstract
Ushbu tadqiqotda maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlarida ko‘p tillilik kompetensiyasini shakllantirishga ta’sir etuvchi psixolingvistik omillar o‘rganiladi. Ko‘p tillilik nafaqat lingvistik bilimlar, balki psixologik tayyorgarlik, madaniy tafakkur va muloqot strategiyalarining uyg‘unligiga asoslanadi. Maktabgacha ta’lim rahbarlarining til kompetensiyasini shakllantirishda motivatsiya, til o‘rganishdagi psixologik to‘siqlar, kommunikativ ehtiyojlar va shaxsiy ijtimoiy tajriba muhim omillar sifatida ko‘riladi. Shuningdek, psixolingvistikaning asosiy yondashuvlari asosida ko‘p tillilikni rivojlantirishning samarali metodlari, muassasa rahbarlari uchun psixologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda integratsiyalashgan o‘quv-muhitning ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ko‘p tillilik kompetensiyasining mustahkamlanishi ta’lim sifatiga va rahbarlarning ijtimoiy-tilshunoslik salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Conference of Natural and Applied Sciences in Scientific Innovative Research |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 26 Sep 2026 22:26 |
| Last Modified: | 26 Sep 2026 22:26 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/12278 |
