Egamov, Nurmamat (2025) BANKLARDA FAKTORING OPERATSIYALAR HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE; Vol. 2 No. 1 (2025): INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE; 66-70.
5268.pdf - Published Version
Download (272kB)
Abstract
Ushbu tadqiqotda banklarda faktoring operatsiyalari hisobini va auditini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Faktoring xizmatlari kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun moliyaviy resurslarga tezkor kirish imkoniyatini yaratib, iqtisodiy barqarorlikni oshirishga xizmat qiladi. Ishda faktoring operatsiyalarining mohiyati, bank tizimidagi o‘rni va afzalliklari, shuningdek, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) mos ravishda ularni hisobga olish va tahlil qilish usullari bayon etilgan.
Bundan tashqari, faktoring operatsiyalari auditining dolzarb jihatlari, jumladan, risklarni aniqlash va boshqarish, ichki nazorat tizimini takomillashtirish hamda audit jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, faktoring operatsiyalarining hisobini va auditini takomillashtirish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar ishlab chiqilgan. Ushbu yondashuvlar bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta'minlash va mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirishga qaratilgan.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from International Conference on Interdisciplinary Science |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 26 Sep 2026 22:26 |
| Last Modified: | 26 Sep 2026 22:26 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/12614 |
