TGF-Β1 GENINING C-509T VA T869C POLIMORFIZMLARINI TIZIMLI SKLERODERMIYADA FIBROZ JARAYONINING GENETIK BIOMARKERLARI SIFATIDA BAHOLASH

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. Maxsus son-2 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 240-247.

Bekenova, Gulchehra and Nabieva, Aynura (2026) TGF-Β1 GENINING C-509T VA T869C POLIMORFIZMLARINI TIZIMLI SKLERODERMIYADA FIBROZ JARAYONINING GENETIK BIOMARKERLARI SIFATIDA BAHOLASH. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. Maxsus son-2 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 240-247.

[thumbnail of 1215.pdf] PDF
1215.pdf - Published Version

Download (603kB)

Abstract

Tizimli sklerodermiya biriktiruvchi to‘qimaning surunkali autoimmun kasalligi bo‘lib, uning asosiy patogenetik belgilaridan biri teri va ichki a’zolarda fibroz jarayonining rivojlanishidir. Fibrozning shakllanishida transformatsiyalovchi o‘sish omili beta-1 (TGF-β1) muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tadqiqotning maqsadi TGF-β1 genining C-509T (rs1800469) va T869C (rs1800470) polimorfizmlarini tizimli sklerodermiyada fibroz jarayonining genetik biomarkerlari sifatida baholashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot holat–nazorat dizaynida olib borildi. Genetik tahlillar real vaqt rejimidagi polimeraza zanjir reaksiyasi yordamida amalga oshirildi. Olingan natijalar T869C polimorfizmining ayrim genotiplari va allellari fibroz rivojlanishi hamda TGF-β1 ekspressiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. C-509T polimorfizmi esa ayrim laborator ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqlik namoyon etgan bo‘lsa-da, uning kasallikka moyillikdagi ahamiyati nisbatan past bo‘ldi. Tadqiqot natijalari TGF-β1 genining polimorfizmlarini tizimli sklerodermiyada fibroz rivojlanishini prognozlash, kasallik faolligini baholash va individual davolash strategiyalarini ishlab chiqishda qo‘llash istiqbollarini ko‘rsatadi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 26 Sep 2026 22:27
Last Modified: 26 Sep 2026 22:27
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/13341

Actions (login required)

View Item
View Item