MINERAL VA KIMYOVIY QO‘SHIMCHALAR ASOSIDA ISHLAB CHIQILGAN BETONDA ISSIQLIK BARQARORLIGINI OSHIRISH USULLARI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH; Vol. 2 No. 10 (2025): PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH; 34-37.

Botirova, Nodira and Toshpo‘latov, Og‘abek and Shukrullayeva, Dilnoza (2025) MINERAL VA KIMYOVIY QO‘SHIMCHALAR ASOSIDA ISHLAB CHIQILGAN BETONDA ISSIQLIK BARQARORLIGINI OSHIRISH USULLARI. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH; Vol. 2 No. 10 (2025): PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH; 34-37.

[thumbnail of 9191.pdf] PDF
9191.pdf - Published Version

Download (206kB)

Abstract

Ushbu maqolada yuqori harorat ta’sirida ishlovchi qurilish obyektlari, xususan, yo‘l qoplamalari, sanoat pechlari, energetika inshootlari va quyosh energiyasi obyektlari uchun betonning issiqlik barqarorligini oshirish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, unda mineral qo‘shimchalar (metakaolin, mikrosilikat, shlak) va kimyoviy qo‘shimchalar (polikarboksilat asosidagi superplastifikator va gidrofob modda) birgalikda qo‘llanilib, ularning mikrostrukturaga ta’siri kompleks tarzda o‘rganildi. Materiallar PC 400 D0 va PC 500 D0 sementlari asosida tayyorlanib, 28 sutka qotgach 100 dan 800 darajagacha bo‘lgan haroratlarda termik sinovlardan o‘tkazildi. Siqilishdagi mustahkamlik, elastiklik moduli, massa yo‘qotilishi, suv singdirish va mikrostrukturaviy tahlillar bajarildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 20 foiz metakaolin, 0,8 foiz superplastifikator va 0,5 foiz gidrofob qo‘shimcha kombinatsiyasi 600 darajagacha bo‘lgan haroratlarda betonning mustahkamligini 80–85 foizgacha saqlab qoladi. 800 darajada esa oddiy beton bilan taqqoslaganda mustahkamlik pasayishi 15–20 foiz atrofida bo‘ladi. Gidrofob komponent suv bug‘lanishidan hosil bo‘ladigan ichki bosimni kamaytirib, yoriqlanishni kamaytiradi; mikrosilikat esa C–S–H fazalarini mustahkamlab, mikro-g‘ovaklikni kamaytiradi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston iqlim sharoitiga mos beton ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan yakunlandi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from Problems and Solutions of Scientific and Innovative Research
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 27 Sep 2026 22:17
Last Modified: 27 Sep 2026 22:17
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/14459

Actions (login required)

View Item
View Item