Zarifa, Mustafoqulova (2026) O‘ZBEK VARUS PEDAGOGIK DISKURSIDA ANGLIZMLARNING SEMANTIK DERIVATSIYASI: MA’NO TORAYISHI VA KENGAYISHI HODISALARI. Filologiya va Pedagogikada yangicha ilmiy izlanishlar: An’anaviylikdan zamonaviylikka; Vol. 1 No. 2 (2026): FILOLOGIYA VA PEDAGOGIKADA YANGICHA ILMIY IZLANISHLAR: AN’ANAVIYLIKDAN ZAMONAVIYLIKKA ; 4-6.
37969.pdf - Published Version
Download (177kB)
Abstract
Mazkur tezisda o‘zbek pedagogik diskursida ingliz tilidan o‘zlashgan anglizmlarning semantik derivatsiyasi, xususan, ma’no torayishi va ma’no kengayishi jarayonlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida ingliz tilining xalqaro ilmiy va kasbiy muloqot vositasi sifatidagi mavqeyi ortib borishi natijasida pedagogik terminologiyada ko‘plab inglizcha birliklar faol qo‘llanmoqda. O‘zlashgan birliklarning o‘zbek tilidagi qo‘llanishi jarayonida ularning dastlabki semantik mazmuni saqlanib qolishi bilan bir qatorda, yangi ma’nolar bilan boyishi, ayrim hollarda esa ma’no doirasining torayishi kuzatiladi. Tadqiqotda mazkur semantik o‘zgarishlarning lingvistik va ekstralingvistik omillari yoritiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Filologiya va pedagogikada yangicha ilmiy izlanishlar |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 21 Sep 2026 22:58 |
| Last Modified: | 21 Sep 2026 22:58 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/1465 |
