UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISHNI RAQAMLI ZANJIRGA BIRLASHTIRUVCHI INTEGRATSIYA ARXITEKTURASI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS; Vol. 3 No. 6 (2026): INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS; 24-31.

Dusmuxamedov, Abdujalil (2026) UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISHNI RAQAMLI ZANJIRGA BIRLASHTIRUVCHI INTEGRATSIYA ARXITEKTURASI. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS; Vol. 3 No. 6 (2026): INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS; 24-31.

[thumbnail of 12366.pdf] PDF
12366.pdf - Published Version

Download (308kB)

Abstract

Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekiston Respublikasida taʻlim tizimini raqamlashtirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son ““Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni [2] hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son “Maktabgacha va maktab taʻlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori [3] maktabgacha taʻlim tashkilotlari (MTT) mutaxassislarini malakasini oshirish tizimini tubdan yangilashni nazarda tutadi. Bugungi kunda mazkur sohada bir nechta milliy axborot tizimlari parallel faoliyat yuritmoqda: bbit.uz platformasi MTTlarning kundalik boshqaruvini, ECO (KPI+LMS) tizimi esa malaka oshirish institutlarining oʻquv jarayoni va samaradorlik baholashni raqamlashtiradi. Biroq ushbu tizimlar oʻrtasida maʻlumotlar almashinuvining yoʻqligi jarayonlarning uzilishiga, maʻlumotlarning takroriy kiritilishiga va boshqaruv samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda [4].
Yevropa Komissiyasining Yangi Yevropa oʻzaro muvofiqlik [5] tizimlararo integratsiyani toʻrt darajada (huquqiy, tashkiliy, semantik va texnik) tahlil qilishni taklif etadi. UNESCO hisobotlarida [6] tarqoq tizimlar muammosi “maʻlumotlar orollari” atamasi bilan ifodalanadi. OECD [7] esa muvaffaqiyatli raqamli ekotizimlarning umumiy belgisi sifatida “bir marta kiritish koʻp marta foydalanish” tamoyilini ajratib koʻrsatadi.
 

Item Type: Article
Additional Information: Imported from ICMDPL Conference
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 27 Sep 2026 22:18
Last Modified: 27 Sep 2026 22:18
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/14778

Actions (login required)

View Item
View Item