O’TKIR ICHAK INFEKTSIYALARINING ETIOLOGIK STRUKTURASI VA EPIDEMIOLOGIK JARAYONLARINING ZAMONAVIY XUSUSIYATLARI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 164-168.

Aknazarova, Dilfuza (2026) O’TKIR ICHAK INFEKTSIYALARINING ETIOLOGIK STRUKTURASI VA EPIDEMIOLOGIK JARAYONLARINING ZAMONAVIY XUSUSIYATLARI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 164-168.

[thumbnail of 1422.pdf] PDF
1422.pdf - Published Version

Download (475kB)

Abstract

Maqolada o’tkir ichak infektsiyalarining (O’II) zamonaviy bosqichdagi kechish xususiyatlari, qo’zg’atuvchilarning turlararo o’zgarishi va epidemiologik jarayonning dinamikasi tadqiq etilgan. Ushbu tadqiqot zamonaviy infektologiyaning dolzarb muammolaridan biri — o‘tkir ichak infektsiyalari (O‘II) etiologik strukturasining transformatsiyasi va epidemiologik jarayonning o‘zgaruvchan dinamikasini o‘rganishga bag‘ishlangan. So‘nggi o‘n yillikda O‘II kechishida kuzatilayotgan klinik-epidemiologik xususiyatlar, xususan, qo‘zg‘atuvchilarning turlararo almashinuvi va patogenlar orasidagi o‘zaro nisbatning o‘zgarishi va  polimeraza zanjir reaktsiyasi (PZR) usulining tashxisdagi sezuvchanligi va o’ziga xosligi bakteriologik usullar bilan qiyosiy tahlil qilindi. Natijalar virus-bakterial assotsiatsiyalarning ortib borayotganini va tashxislash algoritmini modernizatsiya qilish zarurligini ko’rsatadi. Tadqiqot xulosalari amaldagi tashxislash algoritmlarini modernizatsiya qilish, epidemiologik monitoring tizimiga molekulyar-genetik usullarni keng joriy etish va asossiz etiotrop terapiyaning oldini olish zarurligini ilmiy jihatdan isbotlaydi. Olingan ma'lumotlar sog‘liqni saqlash tizimida O‘II profilaktikasi va nazorati samaradorligini oshirish uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 27 Sep 2026 22:18
Last Modified: 27 Sep 2026 22:18
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/15108

Actions (login required)

View Item
View Item