Anvarov, Jaxongir and Dauletnazarova, Guldana and Karimova, Mavluda (2026) QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA ICHAK PARAZITOZLARI BILAN KASALLANISH KO‘RSATKICHLARINING RETROSPEKTIV TAHLILI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 169-175.
1423.pdf - Published Version
Download (843kB)
Abstract
Mazkur tadqiqot Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2015–2024 yillar davomida ichak parazitozlari bilan kasallanish ko‘rsatkichlarini retrospektiv tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tahlil natijalariga ko‘ra, enterobioz bo‘yicha 2015–2019 yillarda barqaror o‘sish kuzatilib, 2019 yilda eng yuqori darajaga yetgan, 2020 yilda esa keskin pasayish qayd etilgan. Gimenolepidoz bilan kasallanishda 2020 yilgacha pasayish, keyingi yillarda esa bosqichma-bosqich o‘sish aniqlangan. Askaridoz va teniarinxoz bo‘yicha kasallanish ko‘rsatkichlari nisbatan past darajada bo‘lib, yillar kesimida qisman ko‘railish va pasayish bilan kechgan. Sanab o‘tilgan parazitozlar bilan kasallanish 2020 yilda kuzatilgan pasayish COVID-19 pandemiyasi davrida tibbiy xizmatlarga murojaatning kamayishi va profilaktik tekshiruvlar hajmining qisqarishi bilan izohlanishi mumkin. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ekologik va sanitariya-gigiena omillari, xususan Orolbo‘yi hududidagi noqulay sharoitlar, parazitar kasalliklar saqlanib qolishiga ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 27 Sep 2026 22:18 |
| Last Modified: | 27 Sep 2026 22:18 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/15109 |
