Safarov, Raxmon and Jonqobilov, Jaxongir (2025) AMIR TEMUR DAVRIDA SAMARQANDNING SHAHARCHILIK VA ME'MORIY TARAQQIYOTI: REGISTON ANSAMBLINING QURILISH TARIXI. SYNAPSES: INSIGHTS ACROSS THE DISCIPLINES; Vol. 2 No. 12 (2025): SYNAPSES: INSIGHTS ACROSS THE DISCIPLINES; 466-471.
29756.pdf - Published Version
Download (195kB)
Abstract
Mazkur maqolada Amir Temur davrida Samarqand shahrining shaharchilik va me’moriy taraqqiyoti, xususan Registon ansamblining shakllanish va qurilish tarixi ilmiynazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Temuriylar davlati poytaxti bo‘lgan Samarqandning Markaziy Osiyo urbanizatsiyasi tarixidagi o‘rni, shaharsozlik siyosatining davlat boshqaruvi va mafkuraviy asoslar bilan uzviy bog‘liqligi yoritiladi. Registon maydonining dastlabki shakllanish bosqichlari, uning ijtimoiy-siyosiy va madaniy funksiyalari tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar hamda me’moriy tahlillar asosida ochib beriladi. Maqolada Registon ansamblining Temuriylar davrida faqat me’moriy majmua sifatida emas, balki davlat hokimiyati, ilm-fan va jamoat hayotini birlashtirgan muhim shahar markazi sifatidagi ahamiyati asoslanadi. Tadqiqot natijalari Samarqand me’morchilik maktabining shakllanishida Registon hududining tutgan o‘rni va uning keyingi asrlardagi rivojiga ko‘rsatgan ta’sirini aniqlash imkonini beradi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Synapses: Insights Across the Disciplines |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 28 Sep 2026 22:14 |
| Last Modified: | 28 Sep 2026 22:14 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/15452 |
