KO`K CHOYNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; Vol. 4 No. 4 (2026): TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; 49-52.

Ro`ziyeva, Gulsara and Jo`rayeva, Dilnoza (2026) KO`K CHOYNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; Vol. 4 No. 4 (2026): TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; 49-52.

[thumbnail of 33310.pdf] PDF
33310.pdf - Published Version

Download (4MB)

Abstract

Ushbu maqolda Ko`k choyning inson hayotidagi ahamyati salomatlik uchun foydalari va undan qay maqsadda ichish va undan foydalanishni bilishingiz mumkin. Ko‘k choyning vatani — Xitoy hisoblanadi. Keyinchalik u Yaponiya, Hindiston, Shri Lanka va boshqa davlatlarga tarqalgan. Hozirgi kunda Osiyo davlatlari ko‘k choy yetishtirishda yetakchi hisoblanadi.
Ko‘k choy Camellia sinensis o‘simligi barglaridan tayyorlanadigan foydali ichimlik hisoblanadi. Uning vatani Xitoy bo‘lib, keyinchalik dunyoning ko‘plab hududlariga tarqalgan. Ko‘k choy asosan iliq va nam iqlim sharoitida yaxshi o‘sadi va parvarish qilinadi. Ushbu choy turi boshqa choylardan farqli ravishda fermentatsiya qilinmaydi, shu sababli u o‘zining tabiiy yashil rangini saqlab qoladi.
Ko‘k choy tarkibida inson salomatligi uchun muhim bo‘lgan Katexinlar kabi antioksidant moddalar mavjud. U yurak-qon tomir tizimini mustahkamlashga yordam beradi va xolesterin miqdorini kamaytirishi mumkin. Shuningdek, u miya faoliyatini yaxshilab, insonning hushyorligini oshiradi. Ko‘k choy metabolizmni tezlashtirib, vazn kamaytirishda ham foydali hisoblanadi.
Biroq uni me’yoridan ortiq iste’mol qilish zararli bo‘lishi mumkin, masalan uyqusizlik yoki oshqozon bezovtaligiga olib keladi. Shu sababli kuniga 2–3 piyola ko‘k choy ichish tavsiya etiladi

Item Type: Article
Additional Information: Imported from Technical Science Research in Uzbekistan
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 28 Sep 2026 22:15
Last Modified: 28 Sep 2026 22:15
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/15776

Actions (login required)

View Item
View Item