Bo‘riyeva, Muhabbat (2026) TIO₂ NANO ZARRACHALARI ASOSIDA FOTOKATALITIK VA YORUG‘LIKNI QAYTARUVCHI XOSSALARGA EGA INNOVATSION BO‘YOQLAR YARATISH. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH; Vol. 3 No. 6 (2026): OBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH; 40-50.
12244.pdf - Published Version
Download (388kB)
Abstract
Ushbu ishda titan dioksid (TiO₂) nanozarrachalari asosida fotokatalitik va yorug‘likni qaytaruvchi xossalarga ega innovatsion bo‘yoqlarni yaratish va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda TiO₂ nanozarrachalarining yuqori sirt faolligi, keng tarmoqli yarimo‘tkazgich xususiyati hamda ultrabinafsha (UV) nurlanish ta’sirida fotokatalitik reaksiyalarni faollashtirish qobiliyati asosiy ilmiy asos sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu nanozarrachalarning organik ifloslantiruvchi moddalarni parchalanishida va o‘z-o‘zini tozalovchi (self-cleaning) yuzalar yaratishdagi roli tahlil qilinadi. Innovatsion bo‘yoqlar tarkibiga kiritilgan TiO₂ nanozarrachalari nafaqat yorug‘likni yuqori darajada qaytarish, balki issiqlik yutilishini kamaytirish orqali energiya samaradorligini oshirish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari ekologik toza, uzoq xizmat qiluvchi va ko‘p funksiyali qoplama materiallarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Problems and Solutions of Scientific and Innovative Research |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 28 Sep 2026 22:15 |
| Last Modified: | 28 Sep 2026 22:15 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/16301 |
