XORAZM VILOYATIDA QALQONSIMON BEZ O‘CHOQLI O‘ZGARISHLARINING TARQALISHINI ANIQLASHDA ULTRATOVUSH TEKSHIRUVI IMKONIYATLARI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in International conference on multidisciplinary science; Vol. 3 No. 5 (2025): International conference on multidisciplinary science; 58-59.

Ataxonova, Moxinur and Aytimova, Gulsanam (2025) XORAZM VILOYATIDA QALQONSIMON BEZ O‘CHOQLI O‘ZGARISHLARINING TARQALISHINI ANIQLASHDA ULTRATOVUSH TEKSHIRUVI IMKONIYATLARI. International conference on multidisciplinary science; Vol. 3 No. 5 (2025): International conference on multidisciplinary science; 58-59.

[thumbnail of 8562.pdf] PDF
8562.pdf - Published Version

Download (298kB)

Abstract

Hozirgi kunda qalqonsimon bez kasalliklari, ayniqsa tugunli va o‘choqli o‘zgarishlar, butun dunyo bo‘ylab endokrin patologiyalar orasida eng keng tarqalgan kasalliklar qatoriga kiradi. Xususan, ekologik omillar, yod tanqisligi, stress va noto‘g‘ri ovqatlanish bu kasalliklarning rivojlanishiga olib keluvchi asosiy sabablar hisoblanadi. Respublikamizning ayrim hududlarida, jumladan Xorazm viloyatida ham, ushbu kasalliklarning tarqalish darajasi oshib borayotgani kuzatilmoqda. Ko‘p hollarda tugunli o‘zgarishlar klinik belgilarsiz kechadi va faqat instrumental diagnostika, xususan ultratovush tekshiruvi (UTT) yordamida aniqlanadi. UTT esa xavfsizligi, iqtisodiy samaradorligi va yuqori aniqligi tufayli aholi orasida skrining tadbirlari uchun eng maqbul usullardan biri sanaladi. Shu bois, Xorazm viloyati aholisi orasida qalqonsimon bez o‘choqli o‘zgarishlarining tarqalishini aniqlash hamda ultratovush tekshiruvi imkoniyatlarini baholash dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar hududiy sog‘liqni saqlash tizimida erta tashxis qo‘yish, profilaktika choralari va malakali tibbiy yondashuvlarni ishlab chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from International conference on multidisciplinary science (MJST)
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 28 Sep 2026 22:16
Last Modified: 28 Sep 2026 22:16
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/16630

Actions (login required)

View Item
View Item