SPORTCHILARNI KOORDINATSION QOBILIYATLARINI TARBIYALASH MUAMMOLARINING TAHLILI (FUTBOL SPORT TURI MISOLIDA)

ORIGINAL SOURCE
Originally published in International conference on multidisciplinary science; Vol. 3 No. 5 (2025): International conference on multidisciplinary science; 98-102.

Xudayberganov, Toxirjon (2025) SPORTCHILARNI KOORDINATSION QOBILIYATLARINI TARBIYALASH MUAMMOLARINING TAHLILI (FUTBOL SPORT TURI MISOLIDA). International conference on multidisciplinary science; Vol. 3 No. 5 (2025): International conference on multidisciplinary science; 98-102.

[thumbnail of 8985.pdf] PDF
8985.pdf - Published Version

Download (221kB)

Abstract

Ko‘p yillar davomida ilmiy-usuliy adabiyotlarda «chaqqon» deganda nimani tushunish kerak, uni qanday belgilari mavjudligi, chaqqonlikning insondagi boshqa xususiyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi masalalari keng munozaraga sabab bo‘lib kelmoqda. Lekin hozirgi kungacha olimlar orasida chaqqonlikning aniq ta’rifi mavjud emas va turli va juda qarama – qarshi fikrlar mavjud. Ba’zi  hollarda chaqqonlik muvofiqlanganlik, muvofiqlash layoqatlari bilan belgilansa, boshqa hollarda muvofiqlash layoqatlari ko‘rsatkichlarining hosilasi, uchinchi holda - muvofiqlash layoqatlarini (koordinasion qobiliyatlar) namoyon bo‘lishini chegaralovchi, insonning psixomotor xususiyatlari bilan bog‘laydilar. Bunda, chaqqonlikning o‘lchovlari sifatida turli belgilar ishlatiladi. “Muvofiqlashtirish layoqatlari” va “Koordinasion qobiliyatlar” atamalari lug‘aviy jihatdan bir xil ma’noni anglatadi va adabiyotlarda turlicha qo‘llanilishi mumkin bo‘ladi. “Koordinasion qobiliyatlar” tushunchasi fanga keyingi 30-40 yillar davomida chaqqonlik harakatlanish sifati tasavvurlarni aniqlashtirish uchun kirib keldi. To shu kungacha maxsus adabiyotlarda chaqqonlik ikkita asosiy qobiliyatlardan: birinchidan, yangi harakatlanish amallarini tezkorlik bilan  egallash qobiliyati (tez o‘rganish qobiliyati), ikkinchidan, vaziyat kutilmaganda o‘zgarib qolish sharoitlarida harakatlanish faoliyatini tezda koordinatsiyalangan holda qayta qurish qobiliyatidan iborat ekanligini o‘qish mumkin. Oxirgi aytilgan qobiliyatni ba’zida nisbatan standart va variativ (ehtimolli) va kutilmaganda, tez  o‘zgaruvchi vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan "motorli adaptatsiya" qobiliyati sifatida qaraydilar. Chaqqonlikning boshqa ta’riflari ham mavjudligini ta’kidlab o‘tamiz. Bu mavzuga oid tahlillarni bir qator ilmiy ishlardan o‘rganish mumkin.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from International conference on multidisciplinary science (MJST)
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 28 Sep 2026 22:16
Last Modified: 28 Sep 2026 22:16
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/16643

Actions (login required)

View Item
View Item