Ganiyeva, Saida and Razzakova, Shirin and Ubbiniyazova, Kamila (2026) METABOLIK SINDROMLI O‘SMIRLARDA O‘TKIR ICHAK INFEKSIYALARI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 249-258.
1435.pdf - Published Version
Download (953kB)
Abstract
Tadqiqotda metabolik sindrom (MS) mavjud o‘smirlarda o‘tkir ichak infeksiyalarining (OII) klinik kechish xususiyatlari o‘rganildi. 2021–2024 yillarda RSNPMTsEMIPZning ichak infeksiyalari bo‘limi hamda reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan 6 oylikdan 18 yoshgacha bo‘lgan 532 nafar bemor tekshirildi. Taqqoslama tahlil uchun uchta guruh shakllantirildi: OII va MS mavjud o‘smirlar (n=86), OII bo‘lgan, ammo MS kuzatilmagan o‘smirlar (n=78) hamda amalda sog‘lom o‘smirlar guruhi (n=60). Tadqiqot natijalariga ko‘ra, MS mavjud o‘smirlarda OIIning gastroenterit va gastroenterokolit shakllari, shuningdek og‘ir suvsizlanish holatlari ishonchli darajada ko‘proq qayd etilgan. Asosiy guruhda sutkasiga 10 martadan ortiq diareya kuzatilish chastotasi MSsiz o‘smirlarga nisbatan 3,5 barobar yuqori bo‘lgan. Klinik belgilar yanada yaqqol namoyon bo‘lishiga qaramay, har ikki guruhda o‘rtacha gospitalizatsiya davomiyligi sezilarli farq qilmagan. Olingan natijalar metabolik sindrom o‘smirlarda o‘tkir ichak infeksiyalarining yanada og‘ir va keng tarqalgan kechishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 28 Sep 2026 22:16 |
| Last Modified: | 28 Sep 2026 22:16 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/16713 |
