Gapparova, Guli (2026) BOLALARDA LYAMBLIOZNING KLINIK-LABORATOR XUSUSIYATLARI VA MOLEKULYAR DIAGNOSTIKA USULLARINING QIYOSIY SAMARADORLIGI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 259-265.
1436.pdf - Published Version
Download (491kB)
Abstract
Bolalarda lyamblioz yuqori klinik ahamiyatga ega bo‘lib, jismoniy rivojlanishning sekinlashuvi, tana vazni yetishmovchiligi, mikroelementlar (temir, rux, vitamin D) defitsiti va kognitiv funksiyalar pasayishi bilan bog‘liq. Tadqiqotning maqsadi bolalarda Giardia lamblia invaziyasining klinik xususiyatlarini o‘rganish hamda erta diagnostikada laborator va molekulyar usullar samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqotga 7–14 yoshdagi 85 nafar bola kiritildi: asosiy guruh (n=60) va nazorat guruhi (n=25). Klinik baholash, umumiy laborator tahlillar (qon, ferritin, vitamin D) va diagnostik usullar (mikroskopiya, ELISA, PCR) qo‘llanildi. Statistik tahlil χ² testi yordamida amalga oshirildi (p<0,05). Natijalarga ko‘ra, invaziya bo‘lgan bolalarda gastrointestinal simptomlar, anemiya, ferritin va vitamin D pasayishi ko‘proq kuzatildi. Diagnostik samaradorlik PCRda 100%, ELISAda 93,3%, mikroskopiyada 76,7% ni tashkil etdi. Xulosa: Giardia lamblia invaziyasi ko‘p tizimli o‘zgarishlar bilan kechadi va erta tashxisda PCR eng yuqori diagnostik aniqlikka ega.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 28 Sep 2026 22:16 |
| Last Modified: | 28 Sep 2026 22:16 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/16714 |
