QANDLI DIABETI BOR BEMORLARDA O'PKANING YIRINGLI-DESTRUKTIV KASALLIKLARIDA PATOGEN MIKROFLORA VA ANTIMIKROB PREPARATLARGA CHIDAMLILIGINI KUZATISH: JARROHLIK TAKTIKASIGA TA'SIRI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 384-392.

Matmuratov, Q.J and Ro’zmetov, N.A (2026) QANDLI DIABETI BOR BEMORLARDA O'PKANING YIRINGLI-DESTRUKTIV KASALLIKLARIDA PATOGEN MIKROFLORA VA ANTIMIKROB PREPARATLARGA CHIDAMLILIGINI KUZATISH: JARROHLIK TAKTIKASIGA TA'SIRI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 384-392.

[thumbnail of 1454.pdf] PDF
1454.pdf - Published Version

Download (959kB)

Abstract

Ushbu maqolada qandli diabeti (QD) mavjud bemorlarda o'pkaning yiringli-destruktiv kasalliklarini (OYDK) jarrohlik yo'li bilan davolashda patogen mikroflorani va antimikrob preparatlarga chidamlilikni (AMR) kuzatish natijalari hamda ularning jarrohlik taktikasiga ta'siri yoritilgan. QD bemorlarda immunosupressiya va surunkali giperglikemiya fonida yiringli-destruktiv jarayonlarning kechishi sezilarli darajada og'irlashadi, bu esa ko'p dori-chidamli mikroorganizmlarning tarqalishiga qulay sharoit yaratadi. Tadqiqot 2017–2026 yillar davomida Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko'p tarmoqli klinikasida 503 nafar bemorda o'tkazildi: taqqoslash guruhi (258 bemor, 2017–2022) an'anaviy davolash taktikasini, asosiy guruh (245 bemor, 2023–2026) esa AMR monitoringiga asoslangan takomillashtirilgan yondashuvni qamrab oldi. Bakteriologik tekshiruv natijasida eng ko'p aniqlangan patogenlar Staphylococcus aureus (MRSA) — 39,4% va Pseudomonas aeruginosa — 29,4% bo'lib, ular birgalikda barcha holatlarning 68,8% ini tashkil etdi. Jarrohlik amaliyotlari sifatida bronxoskopik absess drenaji, plevra bo'shlig'ini drenajlash va pnevmonektomiya qo'llanildi. Mikrobiyologik monitoring asosida individual davolash taktikasini shakllantirish umumiy asoratlarni 34,9% dan 21,6% ga, o'lim darajasini esa 9,7% dan 5,3% ga kamaytirishga imkon berdi. Olingan natijalar AMR monitoringini OYDK jarrohlik davolashning majburiy tarkibiy qismi sifatida joriy etish zarurligini isbotlaydi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 28 Sep 2026 22:16
Last Modified: 28 Sep 2026 22:16
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/16732

Actions (login required)

View Item
View Item