Raximova, Shafoat (2026) INFEKSION VA METABOLIK OMILLAR FONIDA RIVOJLANGAN IKKILAMCHI DISMETABOLIK PIELONEFRIT: BOLALARDA KLINIK-LABORATOR KO‘RSATKICHLAR VA SIYDIK FERMENTLARI DINAMIKASINING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 522-528.
1474.pdf - Published Version
Download (637kB)
Abstract
Ushbu maqola infeksion va metabolik omillar fonida rivojlangan ikkilamchi dismetabolik pielonefritning bolalardagi klinik-laborator xususiyatlari hamda siydik fermentlari dinamikasining epidemiologik ahamiyatini yoritadi. Tadqiqotga 5–16 yoshdagi 112 nafar bola jalb etildi: 88 nafari asosiy guruh, 24 nafari sog‘lom nazorat guruhi. Barcha ishtirokchilarda klinik ko‘rik, umumiy qon va siydik tahlillari, siydikning nisbiy zichligi, kristalluriya darajasi hamda siydik γ-GT faolligi baholandi. Natijalarga ko‘ra, bemorlarning sezilarli qismida oilaviy buyrak kasalliklari, metabolik buzilishlar va siydik yo‘llari infeksiyalari aniqlanib, irsiy va infeksion omillarning roli tasdiqlandi. Kristalluriya 38,6 % holatda qayd etilib, oksalatlar ustunlik qildi va nazorat guruhiga nisbatan ishonchli yuqori ko‘rsatkichlar kuzatildi (p<0,01–0,001). Siydik γ-GT faolligining oshishi tubulointerstitsial shikastlanish belgisi sifatida baholandi (p<0,001). Olingan ma’lumotlar siydikning nisbiy zichligi va fermentativ ko‘rsatkichlar monitoringi buyrak kanalchalari disfunksiyasini erta aniqlash, kasallik prognozini baholash hamda qaytalanishlarning oldini olishda muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 28 Sep 2026 22:16 |
| Last Modified: | 28 Sep 2026 22:16 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/16752 |
