LYAMBLIOZNING ZAMONAVIY EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA PATOGENEZIDA ICHAK MIKROBIOTASINING ROLI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 529-538.

Raximova, Shafoat (2026) LYAMBLIOZNING ZAMONAVIY EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA PATOGENEZIDA ICHAK MIKROBIOTASINING ROLI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 529-538.

[thumbnail of 1475.pdf] PDF
1475.pdf - Published Version

Download (578kB)

Abstract

Ushbu maqola lyambliozning klinik kechishi, epidemiologiyasi, patogenezi va zamonaviy diagnostik yondashuvlarini yoritishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda kasallikning ko‘pincha uzoq vaqt davomida simptomsiz yoki kam ifodalangan klinik belgilar bilan kechishi, bu esa uning kech aniqlanishiga olib kelishi ta’kidlangan. Katta yoshdagi bemorlarda lyamblioz ko‘pincha boshqa gastrointestinal kasalliklar, jumladan o‘t yo‘llari diskineziyasi va surunkali enterit bilan adashib ketadi. Bolalarda esa kasallik ko‘proq uchrab, nisbatan og‘ir klinik kechish va qaytalanuvchi gastrointestinal buzilishlar bilan xarakterlanadi. Maqolada immunologik, serologik va molekulyar diagnostika usullarining sezgirlik va spetsifiklik darajasi tahlil qilingan. PCR va immunologik testlar yuqori aniqlikka ega bo‘lsa-da, serologik usullarning ayrim cheklovlari, xususan antitanalarning doim ham aniqlanmasligi qayd etilgan. Shuningdek, kasallikning erta bosqichda aniqlanishi uchun laborator diagnostika imkoniyatlarini kengaytirish zarurligi ko‘rsatilgan. Maqola yakunida lyambliozning diagnostik muammolarini bartaraf etish, zamonaviy, tezkor va arzon usullarni ishlab chiqish hamda klinik amaliyotga joriy etish muhim ilmiy-amaliy vazifa sifatida belgilangan.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 28 Sep 2026 22:16
Last Modified: 28 Sep 2026 22:16
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/16753

Actions (login required)

View Item
View Item