Sattarova, Nasiba (2026) INFEKSIYALAR FONIDA TURLI ETIOLOGIYALI BUYRAK KASALLIKLARIDA JIGAR FIBROZINI TASHXISLASH VA UNING JAMOAT SALOMATLIGIDAGI O’RNI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 584-590.
1483.pdf - Published Version
Download (499kB)
Abstract
Ushbu ilmiy tadqiqot turli etiologiyali buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda jigar fibrozining rivojlanish xususiyatlari, uning patogenetik mexanizmlari hamda zamonaviy noinvaziv diagnostika usullarining klinik ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ma’lumki, surunkali buyrak kasalliklari fonida organizmda tizimli yallig‘lanish, oksidlovchi stress va metabolik buzilishlar rivojlanadi, bu esa jigar parenximasida fibrotik o‘zgarishlarning shakllanishiga olib keladi. Tadqiqotda diabetik nefropatiya, gipertonik nefropatiya va glomerulonefrit bilan og‘rigan bemorlarda jigar fibrozining darajasi baholandi. Diagnostika jarayonida biokimyoviy ko‘rsatkichlar, yallig‘lanish indekslari (SII, NLR, SIRI), ultratovush tekshiruvlari hamda fibroelastografiya (FibroScan) usullari qo‘llanildi. Shuningdek, APRI va FIB-4 kabi noinvaziv fibroz indekslarining diagnostik ahamiyati tahlil qilindi. Olingan natijalar jigar fibrozining dastlabki bosqichlari bemorlarning katta qismida aniqlanishini va uning rivojlanishida tizimli yallig‘lanish markerlarining muhim o‘rin tutishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari fibroelastografiya yuqori sezuvchanlik va spetsifiklikka ega ekanligini, SII va NLR indekslari esa jigar fibrozining og‘irlik darajasini prognoz qilishda muhim biomarkerlar bo‘lishi mumkinligini tasdiqladi. Ushbu yondashuvlar klinik amaliyotda jigar fibrozini erta aniqlash, invaziv tekshiruvlar sonini kamaytirish va bemorlarning prognozini yaxshilash imkonini beradi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 28 Sep 2026 22:16 |
| Last Modified: | 28 Sep 2026 22:16 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/16761 |
