Tadjiyeva, Nigora and Saidkasimova, Nargiza (2026) O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MENINGOKOK INFEKSIYASI BILAN KASALLANISHNING EPIDEMIOLOGIK TAHLILI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 597-501.
1485.pdf - Published Version
Download (681kB)
Abstract
Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida meningokokk infeksiyasi bilan kasallanishning retrospektiv epidemiologik tahlili o‘tkazildi. Tadqiqot maqsadi kasallanishning ko‘p yillik dinamikasini hamda hududlar bo‘yicha tarqalish xususiyatlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tahlil jarayonida respublika bo‘yicha qayd etilgan meningokokk infeksiyasi holatlari bo‘yicha statistik materiallar o‘rganilib, kasallanish ko‘rsatkichlarining vaqt davomidagi o‘zgarishi baholandi. Hududiy tahlil natijalariga ko‘ra, ayrim shahar va tumanlarda kasallanish darajasining nisbatan yuqoriligi kuzatildi, bu esa epidemiologik jarayonning hududiy notekis tarqalishini ko‘rsatadi.Olingan natijalar meningokokk infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik vaziyatning dinamik xususiyatga ega ekanini va ayrim hududlarda kasallanishning yuqori saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi. Ushbu holat kasallikni barvaqt aniqlash va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini anglatadi.Tadqiqot natijalari meningokokk infeksiyasining epidemiologik nazoratini takomillashtirish va maqsadli profilaktika strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 28 Sep 2026 22:16 |
| Last Modified: | 28 Sep 2026 22:16 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/16763 |
