OIV INFEKSIYALI BEMORLARDA KUZATILAYOTGAN OPPORTUNISTIK KASALLIKLARNING ETIOLOGIK TARKIBI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 602-610.

Tilavberdiyev, SH.A and Igamberdiyev, B.N and Umirov, S.E and Yusupov, SH.R (2026) OIV INFEKSIYALI BEMORLARDA KUZATILAYOTGAN OPPORTUNISTIK KASALLIKLARNING ETIOLOGIK TARKIBI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 602-610.

[thumbnail of 1486.pdf] PDF
1486.pdf - Published Version

Download (550kB)

Abstract

OIV in'ektsiyali bemorlarning hayoti uchun xavf tug’diruvchi asosiy sabab opportunistik infektsiyalar va ikkilamchi kasalliklar hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi OIV infektsiyali bemorlarda opportunistik kasalliklarning tarkibini baholash va laborator ko'rsatkichlarini tavsiflashdan iborat. Materiallar va usullar. Opportunistik kasalliklar bilan asoratlangan OIV infeksiyali 121 nafar tasodifiy tanlab olingan bemorlarga taalluqli ma’lumotlar retrospektiv tahlil etildi. Natijalar va ularning muhokamasi. Bemorlarning jinsiy tarkibida erkaklar ulushi, ayollar ulushiga qaraganda 2 marta yuqori. Yosh guruhlari tarkibida 40-49 yosh guruhidagi shaxslar hissasi ustuvor. Bemorlarning 83 nafarida (68,6%) ikkilamchi kasallik alohida holatda, 38 nafarida (31,4%) turli ko’rinishlardagi mikst holatida kuzatilgan. Alohida yoki boshqa opportunistik kasalliklar bilan qo’shilgan holda jami citomegalovirusli infeksiyalar 73,6%, pnevmocistoz 48,8% va traxeobronxial kandidoz 13,2%  bemorlarda qayd etildi. OIV infektsiyali bemorlarda vujudga keladigan opportunistik kasalliklarning turi immunitet tanqisligi darajasiga bog’liq. Birga kechuvchi opportunistik kasalliklar soni oshishiga mutanosib ravishda OIV yuklamasining medianasi oshib boradi. Xulosalar. Ikkilamchi kasalliklar OIV infektsiyasining kechishiga va uning oqibatiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi, rivojlanish suratini tezlashtiradi va bemorlarning umrini qisqartiradi. Shu bois, OIV bilan kasallangan bemorlarni baholashda, olib borishda kompleks va  integrativ yondashuv taqazo etiladi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 28 Sep 2026 22:16
Last Modified: 28 Sep 2026 22:16
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/16764

Actions (login required)

View Item
View Item