RAYHON O‘SIMLIGINI QAYTA ISHLASH SAMARADORLIGI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH; Vol. 2 No. 11 (2025): ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH; 158-164.

Usmonov, Kamoliddin and Sobirova, Zebuniso (2025) RAYHON O‘SIMLIGINI QAYTA ISHLASH SAMARADORLIGI. ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH; Vol. 2 No. 11 (2025): ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH; 158-164.

[thumbnail of 27337.pdf] PDF
27337.pdf - Published Version

Download (334kB)

Abstract

Ushbu maqolada rayhon (Ocimum basilicum L.) o‘simligining biologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va inson salomatligi uchun foydali jihatlari haqida umumiy ma’lumotlar keltiriladi. Shuningdek, rayhon xom ashyosining barqaror saqlanish davrini uzaytirish, uning oziqaviy va aromatik xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida qo‘llaniladigan quritish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ayniqsa konvektiv havo oqimi yordamida quritish texnologiyasining afzalliklari va cheklanishlari, shuningdek infraqizil nurlar asosida amalga oshiriladigan quritish usulining samaradorlik ko‘rsatkichlari solishtirilgan holda yoritiladi. Bu ikki usulning rayhonning rangi, aromati, efir moyi miqdori va biofaol moddalari saqlanishiga ta’siri ilmiy jihatdan baholanadi. Maqolada, shuningdek, energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan resurs tejamkor qurilmalar va zamonaviy quritish texnologiyalarining qo‘llanish imkoniyatlari haqida ham ma’lumot beriladi. Xususan, quritish jarayonida harorat va namlikni avtomatik boshqarish, issiqlik energiyasini qayta tiklash tizimlari, hamda konvektiv va infraqizil quritishning kombinatsiyalangan usullaridan foydalanishning afzalliklari ta’kidlanadi. Natijada, rayhon o‘simligini yuqori sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda, minimal vaqt va kam energiya sarfi bilan quritish imkonini beruvchi texnologik yondashuvlar ilmiy asoslar bilan yoritib beriladi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 29 Sep 2026 22:05
Last Modified: 29 Sep 2026 22:05
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/16980

Actions (login required)

View Item
View Item