MAHALLIY BYUDJETNING BAJARILISHI USTIDAN NAZORAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; Vol. 4 No. 5 (2026): TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; 165-171.

Primov, Baxtiyor (2026) MAHALLIY BYUDJETNING BAJARILISHI USTIDAN NAZORAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; Vol. 4 No. 5 (2026): TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; 165-171.

[thumbnail of 35617.pdf] PDF
35617.pdf - Published Version

Download (189kB)

Abstract

Ushbu maqolada mahalliy byudjetning bajarilishi ustidan nazorat
samaradorligini oshirish masalasi iqtisodiy, tashkiliy va institutsional jihatdan tahlil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib
chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish hamda budjet to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini nazorat
qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Shu jihatdan mahalliy byudjet nazorati faqat
xarajatlarni tekshirish emas, balki moliyaviy intizom, maqsadlilik, natijadorlik, ochiqlik va hududiy
moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi boshqaruv mexanizmi sifatida qaralishi kerak. Tadqiqotda
mahalliy byudjet nazoratining mazmuni, tarkibiy unsurlari, shakllanish omillari, amaliy qo‘llanish
yo‘nalishlari, mavjud muammolari va rivojlantirish yo‘llari yoritildi. 2025-yil uchun O‘zbekiston
Respublikasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
byudjetlarining jami daromadlari 65 793,8 mlrd so‘m, xarajatlari 84 256,0 mlrd so‘m etib prognoz
qilingan. Surxondaryo viloyati mahalliy byudjeti bo‘yicha daromadlar 3 464,7 mlrd so‘m, xarajatlar
5 527,0 mlrd so‘m miqdorida belgilangan. Bu raqamlar mahalliy byudjetlar ijrosida daromad va
xarajatlar mutanosibligi, transfertlarga bog‘liqlik, xarajatlar samaradorligi va nazorat sifati
masalalari dolzarbligini ko‘rsatadi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from Technical Science Research in Uzbekistan
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 29 Sep 2026 22:06
Last Modified: 29 Sep 2026 22:06
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/17440

Actions (login required)

View Item
View Item