Eshqorayev, Javohir and Muratov, Otabek and Choriyorov, Sulton (2026) RAQAMLI TO‘LOV TIZIMLARINING KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGIGA TA’SIRI. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; Vol. 4 No. 6 (2026): TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; 16-21.
35729.pdf - Published Version
Download (234kB)
Abstract
Ushbu maqolada raqamli to‘lov tizimlarining kichik biznes subyektlari moliyaviy barqarorligiga ta’siri iqtisodiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli to‘lovlarning aylanma mablag‘lar harakati, tushumlarning shaffofligi, mijozlar bilan hisob-kitob tezligi, xarajatlarni kamaytirish va moliyaviy boshqaruv samaradorligiga ta’siri o‘rganildi. Maqolada kichik biznes faoliyatida naqd pul muomalasidan raqamli to‘lovlarga o‘tish jarayoni nafaqat texnologik yangilanish, balki moliyaviy intizomni kuchaytiruvchi iqtisodiy omil sifatida baholandi. Tadqiqot natijalari raqamli to‘lov tizimlaridan faol foydalanish kichik biznesda pul oqimlarini nazorat qilish, hisob-kitoblarni tezlashtirish, soliqqa oid shaffoflikni oshirish hamda moliyaviy qarorlar qabul qilish sifatini yaxshilashini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, texnik infratuzilma yetishmasligi, raqamli savodxonlik pastligi, tranzaksiya xarajatlari va kiberxavfsizlik risklari mazkur jarayonning asosiy cheklovchi omillari sifatida aniqlangan.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Technical Science Research in Uzbekistan |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 29 Sep 2026 22:06 |
| Last Modified: | 29 Sep 2026 22:06 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/17443 |
