Metodikaning zamonaviy ko‘rinishlari

ORIGINAL SOURCE
Originally published in CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD; Vol. 1 No. 2 (2024): CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD; 36-38.

Fayzullayeva, Zulfiya (2024) Metodikaning zamonaviy ko‘rinishlari. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD; Vol. 1 No. 2 (2024): CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD; 36-38.

[thumbnail of 1150.pdf] PDF
1150.pdf - Published Version

Download (549kB)

Abstract

Tabiat va jamiyat hodisalarining, jarayonlarining mohiyatini bilish, ularning o‘ziga xosliklarini, jihatlarini, belgi-xususiyatlarini aniqlash va ular haqida ob’yektiv ilmiy-falsafiy g‘oyalar, umumlashmalar chiqarish faqat muayyan tadqiqot metodlarini qo‘llash orqali amalga oshadi. Metod umumiy-falsafiy ma’noda qo‘llanishidan tashqari u tor (xususiy) ma’noda ham qo‘llanadi. Falsafiy metod barcha fanlarga xos bo‘lib, dialektik metod nomi bilan yuritiladi. Dialektik metod mavjud fanlar uchun metodologiya – metodologik asos vazifasini o‘taydi. Hozirda metodologiya fanlarda qo‘llanadigan xilma-xil metodlar, tahlil usullari haqidagi ta’limot emas, balki tadqiqotchining tadqiq manbaini qanday tushunishini, unga qanday yondashishini, tadqiqotdan qanday maqsadni ko‘zlashini anglatadi. Har bir metod qanday metod – falsafiy yoki fanga oid bo‘lishidan qat’iy nazar har birining ish olib borish metodikasi – tadqiq manbaini tekshirish usuli bo‘ladi. Metodika tadqiqotchining amaliy ishlash sistemasi bo‘lib, u faktlarni to‘plash, o‘rganish, umumlashtirish usullarini nazarda tutadi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from Conference on the Role and Importance of Science in the Modern World
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 21 Sep 2026 22:58
Last Modified: 21 Sep 2026 22:58
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/1808

Actions (login required)

View Item
View Item