Yormatov, Ozodbek and Xasanov, Adham (2026) SANOAT TEGIRMON–KLASSIFIKATSIYA–FLOTATSIYA TIZIMIDA MA’LUMOTLARNI SINXRONLASHTIRISH, BALANS CHEGARALARINI ANIQLASH VA TEXNOLOGIK SAMARADORLIKNI BAHOLASH. JOURNAL OF ENGINEERING SCIENCES; Vol. 9 No. 2 (2026): JOURNAL OF ENGINEERING SCIENCES; 37-43.
415.pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Boyitish fabrikasida tegirmon, gidrosiklon, gravitatsion ajratish va flotatsiya bosqichlaridan olinadigan ma’lumotlar turli vaqt masshtabi va turli balans chegaralariga tegishli bo‘lgani sababli ularni bevosita taqqoslash noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin. Ushbu ishda sanoat tegirmon–klassifikatsiya–flotatsiya tizimini baholash uchun oqimlar topologiyasi, vaqt bo‘yicha sinxronlashtirish, metall inventari, gidrosiklon qaytuvchi yuki va gravitatsiya tarmog‘ini yagona hisoblash konturiga birlashtiruvchi metodik yondashuv ishlab chiqildi. Qorasoy apparatlar sxemasi va texnologik boshqaruv ekranlari asosida o‘lchov nuqtalari, ma’lumotlarning vaqt belgisi va laboratoriya assay natijalarini bog‘lash ketma-ketligi shakllantirildi. Asosiy e’tibor P80 ni alohida optimallashtirishga emas, balki tegirmonning solishtirma energiya sarfi, klassifikatsiya holati, metallning oqimlar bo‘yicha taqsimlanishi, flotatsiya oziqasining sifati va yakuniy ajratib olish ko‘rsatkichlarini bir xil vaqt oynasida baholashga qaratildi. Taklif etilgan yondashuv ishlab chiqarish ma’lumotlarini keyingi statistik modellashtirish va operatsion rejimlarni taqqoslash uchun tekshiriladigan ma’lumotlar bazasini yaratishga xizmat qiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from JOES |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 29 Sep 2026 22:06 |
| Last Modified: | 29 Sep 2026 22:06 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/18119 |
