PREDIABET XAVF OMILLARI VA ULARNING SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGINING KLINIK NAMOYON BO‘LISHIGA TA'SIRI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. Maxsus son-2 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 638-643.

Soliyeva, Madina (2026) PREDIABET XAVF OMILLARI VA ULARNING SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGINING KLINIK NAMOYON BO‘LISHIGA TA'SIRI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. Maxsus son-2 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 638-643.

[thumbnail of 1548.pdf] PDF
1548.pdf - Published Version

Download (437kB)

Abstract

Mazkur tadqiqotning maqsadi surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuY) bilan og‘rigan bemorlarda prediabet rivojlanishiga olib keluvchi asosiy xavf omillarini aniqlash hamda uglevod almashinuvi buzilishlarining kasallikning klinik kechishiga ta’sirini baholashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot Andijon Respublikasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Kardiologiya filialida amalga oshirildi. Unda surunkali yurak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan 60 nafar bemor ishtirok etdi. Asosiy guruhni SYuY va prediabet aniqlangan 30 nafar bemor, nazorat guruhini esa uglevod almashinuvi buzilishlari kuzatilmagan 30 nafar SYuY bemori tashkil etdi. Barcha ishtirokchilarda klinik holat, antropometrik ko‘rsatkichlar, laborator tahlillar hamda surunkali yurak yetishmovchiligining funksional sinfi kompleks baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, prediabet mavjud bemorlarda semizlik, abdominal semizlik va insulin rezistentligi sezilarli darajada ko‘proq uchrashi, shuningdek, surunkali yurak yetishmovchiligining klinik belgilari yanada yaqqol namoyon bo‘lishi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda prediabetni erta aniqlash va kardiometabolik asoratlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 29 Sep 2026 22:07
Last Modified: 29 Sep 2026 22:07
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/18140

Actions (login required)

View Item
View Item