TUGʻMA YURAK NUQSONLARI TURLARI VA ULARNI DAVOLASH USULLARI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE; Vol. 3 No. 4 (2025): MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE; 44-51.

Qurbonova, Sevara (2025) TUGʻMA YURAK NUQSONLARI TURLARI VA ULARNI DAVOLASH USULLARI. MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE; Vol. 3 No. 4 (2025): MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE; 44-51.

[thumbnail of 21074.pdf] PDF
21074.pdf - Published Version

Download (272kB)

Abstract

Tug‘ma yurak nuqsonlari (TYN) yurakning tug‘ilishdan oldin shakllanadigan tuzilish yoki faoliyatdagi buzilishlardir. Ushbu maqolada tug‘ma yurak nuqsonlarining turli shakllari, ularning klinik belgilari, tashxisi, diagnostikasi va davolash usullari batafsil tahlil qilinadi. TYN turlari ko‘plab anatomik va funktsional nuqsonlarni o‘z ichiga oladi, jumladan, yurakning bo‘shlig‘ida mavjud bo‘lgan muammolar, yurakning shikastlanishi yoki qon aylanishidagi buzilishlar. Har bir nuqson turining klinik tasviri, alomatlari va o‘zgargan yurak funktsiyalari muhim ahamiyatga ega, chunki ularning vaqtida aniqlanishi bemorning hayoti va sifatli davolanish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Maqolada, shuningdek, tug‘ma yurak nuqsonlarini davolashda qo‘llaniladigan eng zamonaviy usullar ko‘rib chiqiladi. Bular orasida konservativ davolash, ya’ni dori-darmonlar orqali yurak faoliyatini normallashtirish, shuningdek, jarrohlik aralashuvlari orqali nuqsonlarni to‘g‘rilash, kardiologik implantlar va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash hamda yurak transplantatsiyasi kabi usullar alohida o‘rin tutadi. Maqolada shuningdek, bolalar va kattalar uchun tug‘ma yurak nuqsonlari bo‘yicha amalga oshiriladigan individual davolash rejalarining samaradorligi, davolashni reabilitatsiya va profilaktikaga qaratish zarurligi haqida ham to‘xtalib o‘tiladi. Ushbu maqola kardiologiya va pediatriya sohasida tadqiqotlar olib borayotgan mutaxassislar, tibbiyot talabalari va umumiy amaliyotdagi shifokorlarga foydali bo‘lishi kutilmoqda. Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan kasallangan bemorlar uchun innovatsion davolash metodlarini va ularga samarali yordam ko‘rsatish usullarini tahlil qilish orqali, maqola ushbu sohadagi dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan yondoshuvlarni o‘rganishga imkon yaratadi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 30 Sep 2026 22:01
Last Modified: 30 Sep 2026 22:01
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/18948

Actions (login required)

View Item
View Item