SURUNKALI BUYRAK KASALLIGI BILAN OG‘RIGAN BOLALARDA OQSIL-ENERGETIK YETISHMOVCHILIKNI ERTA BASHORAT QILISH: FAZA BURCHAGI VA PREALBUMIN ASOSIDA ROC-TAHLLI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 5 (2026): JANUBIY OROL BO'YI TIBBIYOT JURNALI; 6-14.

Po‘latova, Kamola (2026) SURUNKALI BUYRAK KASALLIGI BILAN OG‘RIGAN BOLALARDA OQSIL-ENERGETIK YETISHMOVCHILIKNI ERTA BASHORAT QILISH: FAZA BURCHAGI VA PREALBUMIN ASOSIDA ROC-TAHLLI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 5 (2026): JANUBIY OROL BO'YI TIBBIYOT JURNALI; 6-14.

[thumbnail of 1706.pdf] PDF
1706.pdf - Published Version

Download (632kB)

Abstract

Maqsad: Surunkali buyrak kasalligi (SBK) bilan og‘rigan bolalarda oqsil-energetik yetishmovchilikni (OEY) erta bashorat qilishda faza burchagi va prealbuminning prognostik ahamiyatini baholash hamda optimal chegara qiymatlarini aniqlash.Material va usullar: Tadqiqotga 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan SBK bilan og‘rigan 124 nafar bola va 20 nafar sog‘lom nazorat guruhi kiritildi. Barcha bemorlarda antropometrik o‘lchovlar (Z-score HAZ, WAZ, BAZ), bioimpedansometriya (faza burchagi, ECW/TBW) va laborator tekshiruvlar (prealbumin, albumin, transferrin) o‘tkazildi. Prognostik ahamiyat ROC-tahlil yordamida baholandi. Statistik ishlov Statistica 13.0 va SPSS 26.0 dasturlarida amalga oshirildi.Natijalar: SBK bilan og‘rigan bolalarda OEY 19,4% holatda qayd etildi. Faza burchagi (AUC=0,864; 95% II: 0,782–0,946) va prealbumin (AUC=0,842; 95% II: 0,756–0,928) eng yuqori prognostik ahamiyatga ega bo‘ldi. Optimal chegara qiymatlari: faza burchagi uchun <4,6 , prealbumin uchun <192 mg/l. Ikkala ko‘rsatkichning kombinatsiyasi prognostik aniqlikni AUC=0,912 gacha oshirdi (p=0,024). Faza burchagi <4,6 va prealbumin <192 mg/l kombinatsiyasida OEY ehtimoli 86,4% ga yetdi.Xulosa: Faza burchagi va prealbumin SBK bilan og‘rigan bolalarda OEY ni erta bashorat qilishning yuqori sezgir va o‘ziga xos markerlari hisoblanadi. Ularning kombinatsiyalangan qo‘llanilishi prognostik aniqlikni sezilarli darajada oshiradi va klinik amaliyotda xavf guruhlarini stratifikatsiya qilish imkonini beradi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 30 Sep 2026 22:01
Last Modified: 30 Sep 2026 22:01
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/19440

Actions (login required)

View Item
View Item