YOSHGA BOG‘LIQ MAKULA DEGENERATSIYASIDA RETINAL PIGMENT EPITELIYSIDAGI MORFOLOGIK VA MORFOMETRIK O‘ZGARISHLAR

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. MAXSUS SON-3 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 143-148.

Ismoilova, Nozimaxon (2026) YOSHGA BOG‘LIQ MAKULA DEGENERATSIYASIDA RETINAL PIGMENT EPITELIYSIDAGI MORFOLOGIK VA MORFOMETRIK O‘ZGARISHLAR. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. MAXSUS SON-3 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 143-148.

[thumbnail of 1765.pdf] PDF
1765.pdf - Published Version

Download (312kB)

Abstract

Yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasi (YBMD) markaziy ko‘rishning progressiv pasayishiga olib keluvchi degenerativ retinal kasalliklardan biri bo‘lib, uning patogenezida retinal pigment epiteliysi (RPE) hujayralaridagi strukturaviy va funksional o‘zgarishlar muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada YBMD sharoitida RPEda kuzatiladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlar, ularning rivojlanish xususiyatlari hamda kasallik patogenezidagi ahamiyati zamonaviy ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. RPE hujayralarining shakli va o‘lchami, hujayra mozaikasining yaxlitligi, pigmentatsiya xususiyatlari, hujayra zichligi, degenerativ va atrofik o‘zgarishlar, shuningdek RPE–Bruch membranasi–fotoretseptor kompleksi holati asosiy baholash mezonlari sifatida ko‘rib chiqildi. Adabiyotlar tahlili RPE hujayralarining geterogenlashuvi, zichligining kamayishi, hujayra maydoni va shakl parametrlarining o‘zgarishi, pigmentning qayta taqsimlanishi hamda geografik atrofiya chegarasida strukturaviy qayta tashkil topish YBMD progressiyasi bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Morfologik tavsifni morfometrik ko‘rsatkichlar bilan uyg‘unlashtirish patologik jarayonning og‘irligi va tarqalishini yanada obyektiv baholash, shuningdek klinik tasvirlash usullarida kuzatiladigan belgilarni histomorfologik asoslash imkonini beradi

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 30 Sep 2026 22:01
Last Modified: 30 Sep 2026 22:01
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/19468

Actions (login required)

View Item
View Item