Xakimov, M.Sh and Yusupov, D.D and Boltaev, D.E and Fayzullayev, B.B (2026) BITISHMA KASALLIGINING OLDINI OLISHDA QO‘LLANILADIGAN ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA PREPARATLARNING QIYOSIY TAHLILI (ADABIYOTLAR SHARHI). South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 5 (2026): JANUBIY OROL BO'YI TIBBIYOT JURNALI; 203-213.
1779.pdf - Published Version
Download (469kB)
Abstract
Maqsad. Qorin bo‘shlig‘i jarrohlik amaliyotlaridan keyingi bitishma kasalligining patogenezi, xavf omillari va profilaktikasiga oid zamonaviy ma’lumotlarni umumlashtirish hamda bitishmaga qarshi vositalar (mexanik barrierlar, gidroflotatsion, fermentativ va farmakologik vositalar, Mezogel va zamonaviy gidrogellar)ning samaradorligi va xavfsizligini qiyosiy tahlil qilish.Materiallar va usullar. Qorin bo‘shlig‘i bitishmalari profilaktikasiga bag‘ishlangan xalqaro va mahalliy (O‘zbekiston, Rossiya) adabiyotlar sharhi o‘tkazildi. PubMed, Tahlilga sistematik sharhlar, meta-tahlillar, randomizatsiyalangan klinik tadqiqotlar, World Society of Emergency Surgery (WSES) konsensus hujjati, shuningdek eksperimental tadqiqotlar natijalari kiritildi.Natijalar. Qorin bo‘shlig‘i jarrohlik amaliyotlaridan keyin bitishmalar bemorlarning 90% idan ortig‘ida rivojlanadi, ularning 5–20% i klinik jihatdan namoyon bo‘lib, surunkali qorin og‘rig‘i, bepushtlik va o‘tkir ichak tutilishiga olib keladi. Bitishma hosil bo‘lishi qorin parda shikastlanishi, yallig‘lanish, fibrin hosil bo‘lishi, fibrinolizning pasayishi va fibroz bosqichlaridan iborat murakkab jarayondir. Laparoskopik jarrohlik bitishmaga bog‘liq qayta gospitalizatsiya xavfini taxminan uchdan bir qismga kamaytiradi. Seprafilm® va 4% ikodekstrin eritmasi (Adept®) bitishma hosil bo‘lishini va bitishmali ichak tutilishi xavfini kamaytirgan, biroq ayrim meta-tahlillar metodologik tanqidga uchragan, Seprafilm qo‘llanilganda esa anastomoz yetishmovchiligi xavfi oshishi mumkinligi qayd etilgan. Mezogel® bo‘yicha ijobiy ma’lumotlar asosan mahalliy, kichik hajmdagi tadqiqotlarga asoslangan. Zamonaviy gidrogellar (ROS-javob beruvchi, Janus, ikki tarmoqli, nanokompozit) hozircha faqat hayvon modellarida samara ko‘rsatgan. Barcha holatlar uchun universal, xavfsiz va to‘liq samarali vosita hozirgacha mavjud emas.
Xulosa. Bitishmalar profilaktikasining asosini kam invaziv jarrohlik, puxta gemostaz, qorin parda yuzalarini himoya qilish va infeksiyani nazorat qilish tashkil etadi; bitishmaga qarshi barrierlar esa jarrohlik texnikasining o‘rnini bosmaydigan yordamchi komponent hisoblanadi. Vositani tanlash jarrohlik amaliyoti turi, anastomoz mavjudligi va bemorning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Mezogel samaradorligi ko‘p markazli randomizatsiyalangan tadqiqotlarda tasdiqlanishi zarur, kelajakdagi ideal vosita esa fizik barrier bilan birga yallig‘lanish va fibrozni modulyatsiya qiluvchi multifunksional gidrogel bo‘lishi mumkin
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 30 Sep 2026 22:01 |
| Last Modified: | 30 Sep 2026 22:01 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/19475 |
