Yo'ldasheva, Guldasta (2026) QIZAMIQDAN KEYINGI SUBAKUT SKLEROZLOVCHI PANENSEFALIT: KLINIK-NEVROLOGIK BELGILAR VA MRT-DINAMIKASINING UZOQ MUDDATLI KUZATUVI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. MAXSUS SON-3 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 233-240.
1801.pdf - Published Version
Download (326kB)
Abstract
Subakut sklerozlovchi panensefalit (SSPE) — qizamiq virusining markaziy asab tizimida uzoq vaqt saqlanib qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan, kam uchraydigan, ammo og‘ir kechuvchi progressiv neyrodegenerativ kasallikdir. Kasallikning klinik belgilari qizamiq infeksiyasidan bir necha yil o‘tgach namoyon bo‘lishi mumkin. Mazkur maqolada erta bolalik davrida qizamiq bilan kasallangan bemorda keyinchalik rivojlangan progressiv nevrologik buzilishlarning klinik kechishi va neyroimaging dinamikasi tahlil qilindi. Klinik kuzatuv davomida dastlab yiqilishlar, nutqning buzilishi va takroriy mushak tortishishlari kuzatilgan, keyinchalik tutqanoq xurujlari, yutish funksiyasining buzilishi, ong darajasining pasayishi hamda og‘ir motor defitsit shakllangan. Elektroensefalografik tekshiruvlarda patologik o‘zgarishlar aniqlangan. Magnit-rezonans tomografiya tekshiruvlarining dinamik tahlili dastlabki davrda oq moddadagi o‘choqli o‘zgarishlardan keyinchalik bosh miya po‘stlog‘i va miyacha atrofiyasining rivojlanishi hamda kuchayishini ko‘rsatgan. Klinik-nevrologik belgilar va MRTdagi progressiv o‘zgarishlar qizamiqdan keyingi SSPE ehtimolini ko‘rsatadi. Ushbu klinik holat qizamiq infeksiyasini, ayniqsa erta yoshdagi kasallanishni, uzoq muddatli nevrologik asoratlar nuqtayi nazaridan baholash va progressiv nevrologik simptomlar paydo bo‘lgan bemorlarda SSPEni differensial diagnostikada hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 30 Sep 2026 22:02 |
| Last Modified: | 30 Sep 2026 22:02 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/19486 |
