BOLALARDA OʻTKAZILADIGAN REANIMATSION TADBIRLARDAN KEYIN YUZAGA KELADIGAN PATOMORFOLOGIK OʻZGARISHLAR

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 5 (2026): JANUBIY OROL BO'YI TIBBIYOT JURNALI; 250-256.

Xashimova, Gulzar and Qalandarova, Umida (2026) BOLALARDA OʻTKAZILADIGAN REANIMATSION TADBIRLARDAN KEYIN YUZAGA KELADIGAN PATOMORFOLOGIK OʻZGARISHLAR. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 5 (2026): JANUBIY OROL BO'YI TIBBIYOT JURNALI; 250-256.

[thumbnail of 1821.pdf] PDF
1821.pdf - Published Version

Download (313kB)

Abstract

Mazkur maqolada bolalarda reanimatsion tadbirlar o‘tkazilgandan keyingi davrda shakllanishi mumkin bo‘lgan patomorfologik o‘zgarishlarning rivojlanish mexanizmlari va morfologik xususiyatlari yoritilgan. Reanimatsiya vaqtida yuzaga keladigan gipoksiya va ishemiya, shuningdek, qon aylanishining qayta tiklanishi bilan bog‘liq reperfuzion jarayonlar hujayra va to‘qimalarda ikkilamchi shikastlanishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Tadqiqot doirasida markaziy asab tizimi, yurak, o‘pka, jigar va buyraklarda kuzatiladigan strukturaviy o‘zgarishlarning umumiy patomorfologik jihatlari tahlil qilinadi. Hujayra shishi, degenerativ-distrofik jarayonlar, mikrosirkulyatsiya buzilishlari, tomirlar dimlanishi va og‘ir holatlarda nekrotik o‘zgarishlarning shakllanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, reanimatsiyadan keyingi davrda oksidlovchi stress va reperfuziya shikastlanishining to‘qima tuzilishiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Bolalar organizmining yoshga bog‘liq morfofunksional xususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu o‘zgarishlarni baholash postreanimatsion asoratlarning patogenezini tushunish, organlar zararlanish darajasini aniqlash va klinik kuzatuv samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 30 Sep 2026 22:02
Last Modified: 30 Sep 2026 22:02
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/19496

Actions (login required)

View Item
View Item