Baxadirxanov, Muxammadzarif and Rahmonberdiyev, Hikmatulla (2026) PROSTATA BEZINING GOLMIY LAZER ENUKLEATSIYASI (HOLEP) VA ROBOTIK ODDIY PROSTATEKTOMIYANING (RASP) KONTINENSIYA, JINSIY FUNKSIYA, ASORATLAR VA MAXSUS KLINIK HOLATLAR NATIJALARINING QIYOSIY TAHLILI: (ADABIYOTLAR SHARHI). South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 5/2 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 59-69.
1855.pdf - Published Version
Download (463kB)
Abstract
Prostata bezining golmiy lazer enukleatsiyasi (HoLEP) va robot yordamida bajariladigan oddiy prostatektomiya (RASP) katta hajmli prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini (PBXG) davolashda ochiq prostatektomiyaga minimal invaziv muqobil usullar sifatida keng qo'llanilmoqda. Ikki qismli adabiyotlar sharhining ushbu yakuniy qismida 21 ta ilmiy manba asosida ikkala usulning siydik tutish funksiyasi (kontinensiya), jinsiy funksiya, asoratlar darajasi, juda katta va ulkan hajmli prostata bezlaridagi (≥120–150 ml) natijalari, iqtisodiy samaradorligi, o'rganish egri chizig'i hamda RASPning ochiq oddiy prostatektomiya bilan qiyosiy natijalari tahlil qilinadi. Kontinensiya bo'yicha yagona xulosaga kelib bo'lmaydi: ayrim tahlillar RASP foydasiga siydik tutish ustunligini ko'rsatsa, boshqalarida sezilarli farq topilmagan. Umumiy asoratlar chastotasi o'xshash bo'lsa-da, bir nechta tahlillarda RASP guruhida og'ir (Clavien–Dindo II daraja va undan yuqori) asoratlar xavfi yuqoriroq ekani qayd etilgan. Juda katta hajmli prostata bezlarida ikkala usul ham qo'llanilishi mumkin: HoLEP tezlik va qon yo'qotish, RASP esa operatsion aniqlik bo'yicha afzalliklarga ega. HoLEP iqtisodiy jihatdan arzonroq, biroq uzoqroq o'rganish egri chizig'iga ega. Xulosa qilib aytganda, HoLEP va RASP katta hajmli PBXGni davolashda xavfsiz va samarali usullar hisoblanadi, biroq bemorga individual yondashuv asosida optimal usulni tanlash uchun yuqori sifatli randomizatsiyalangan nazoratli klinik tadqiqotlar zarur.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 30 Sep 2026 22:02 |
| Last Modified: | 30 Sep 2026 22:02 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/19513 |
