Risqiboyeva, Shaxnoza (2024) PO‘LATXON KIM BO‘LGAN YOXUD SOXTA PO‘LATXON HAQIDA. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan; Vol. 2 No. 4 (2024): Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan; 272-278.
10205.pdf - Published Version
Download (672kB)
Abstract
XIX asrning o‘rtalariga kelib Qo‘qon xonligidagi siyosiy jarayonlar hamda ichki ahvol yanada og‘irlashgan edi. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, buning sababi birinchidan, o‘troq aholi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lgan qipchoqlar hokimiyatni tan olmaganlar. Xonlik hududlaridagi ba’zi viloyat hukmdorlari Musulmonqo‘lga qarshi chiqdilar. Ikkinchidan, hokimiyatda yuqori mavqyeni egallash hamda xonga ta’sir o‘tkazish uchun qipchoqlar orasida ham o‘zaro kurashlar borardi. Bu kurashlarda qipchoqlarning qulon urug‘idan bo‘lgan Musulmonquli ham faol ishtirok etgan. Uchinchi sabab esa, qipchoqlarning o‘troq aholiga nisbatan yuritgan siyosati edi. Qipchoqlar o‘troq aholiga nisbatan bepisandlik nazari bilan qarab, boshqa elat va etnik guruhlarni kamsitganlar. To‘rtinchidan esa, tashqi omil – Rossiya imperiyasining asta sekinlik bilan xonlik hududlariga bostirib kirishi siyosiy jarayonlarning yanada keskinlashuviga sabab bo‘lgan edi
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 03 Oct 2026 21:10 |
| Last Modified: | 03 Oct 2026 21:10 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/19910 |
