‘‘PEKAN YONG‘OG‘I (CARYA ILLINOINENSIS) KO‘CHATLARINI YETISHTIRISHDA EKISH SXEMALARINING O‘SISH VA RIVOJLANISHGA TA‘SIRI.’’

ORIGINAL SOURCE
Originally published in AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 60-64.

Xamroyev, Xusen and Djumayeva, Guzal and Musa, To‘rabek (2026) ‘‘PEKAN YONG‘OG‘I (CARYA ILLINOINENSIS) KO‘CHATLARINI YETISHTIRISHDA EKISH SXEMALARINING O‘SISH VA RIVOJLANISHGA TA‘SIRI.’’. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 60-64.

[thumbnail of 668.pdf] PDF
668.pdf - Published Version

Download (453kB)

Abstract

Ushbu ma’lumotlarda pekan yong‘og‘ining ekish sxemasining uning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar tahlil qilingan. Tajribalar ikki xil — tog‘li va tekislik hududlarda olib borilgan bo‘lib, ikkita tajriba va beshta ekish variantidan foydalanilgan. Variantlar orasida 0,7 × 0,1 m ekish sxemasi eng yaxshi natijani ko‘rsatgan. Mazkur ekish sxemasida tog‘li hududda yetishtirilgan pekan ko‘chatlarining bo‘yi 80 sm, ildiz bo‘yni diametri 22 mm ni tashkil etgan. Tekislik hududida yetishtirilgan ko‘chatlarda esa bo‘yi 37,3 sm, ildiz bo‘yni diametri 12 mm bo‘lgan. Olingan natijalarga ko‘ra, tog‘li hududda yetishtirilgan pekan ko‘chatlarining o‘sish ko‘rsatkichlari tekislik hududida yetishtirilgan ko‘chatlarga nisbatan yuqori bo‘lgan. Shu sababli, tegishli agrotexnik sharoitlar ta’minlangan holda pekan yong‘og‘ini tog‘li hududlarda yetishtirish istiqbolli ekanligi qayd etiladi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from AGROINNOVATSIYA
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 08 Oct 2026 21:09
Last Modified: 08 Oct 2026 21:09
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/20659

Actions (login required)

View Item
View Item