Sharipova, Nilufar (2026) BRONXOOBSTRUKTIV SINDROMLI BOLALARDA DOKSOFILLIN VA INGALYATSION FLUTIKAZON QO'LLASHNING KLINIK-IMMUNOLOGIK SAMARADORLIGI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 5 (2026): JANUBIY OROL BO'YI TIBBIYOT JURNALI; 278-297.
1996.pdf - Published Version
Download (566kB)
Abstract
Maqsad: Bronxoobstruktiv sindromli (BOS) bolalarda doksofillin va ingalyatsion flutikazon qo'llashning klinik-immunologik samaradorligini baholash. Materiallar va usullar: Tadqiqotga BOS bilan og'rigan 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan 87 nafar bola jalb qilindi. Ularning 51 nafarida BOS II darajasi, 36 nafarida BOS III darajasi aniqlandi. Har bir daraja bo'yicha bolalar ikki guruhga bo'lindi: I guruh (nazorat) bazis terapiya oldi, II guruh (asosiy) esa bazis terapiyaga qo'shimcha ravishda doksofillin (puroksan) va BOS III darajasida doksofillin + ingalyatsion flutikazon (nebuflyuzon) kombinatsiyasini oldi. Klinik simptomlar dinamikasi, klinik respirator shkala (KRSH) bo'yicha baholash, adaptirlangan kompyuter bronxofonografiyasi (KBFG) va immunologik ko'rsatkichlar (IgA, IgM, IgG, IgE, TNFα, IL-4, IL-8, IL-1β, IFNγ) tahlil qilindi. Natijalar: BOS II darajasida doksofillin qo'shilgan guruhda yotib davolanish muddati 7,6±0,1 kundan 5,3±0,1 kungacha (p<0,01), BOS III darajasida doksofillin + flutikazon kombinatsiyasida 9,0±0,2 kundan 7,2±0,3 kungacha (p<0,01) qisqardi. KBFG bo'yicha yuqori chastotali nafas (YuChN) indeksi (P3) BOS II darajasida 1,9 barobar, BOS III darajasida 2,5 barobar kamaydi (p<0,001). Immunologik ko'rsatkichlar sezilarli darajada normallashdi: IgE BOS II darajasida 76,5±5,3 mg% gacha (bazis terapiyada 108,8±13,6 mg%), IL-4 16,6±1,1 pg/ml gacha (bazis terapiyada 23,9±1,5 pg/ml) pasaydi (p<0,01). Xulosa: BOS II darajasida doksofillin va BOS III darajasida doksofillin + flutikazon kombinatsiyasini bazis terapiyaga qo'shish klinik simptomlarni tezroq bartaraf etish, bronxial o'tkazuvchanlikni tiklash va immunologik ko'rsatkichlarni normallashtirish imkonini beradi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 08 Oct 2026 21:09 |
| Last Modified: | 08 Oct 2026 21:09 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/20677 |
