O‘tayev, Raximjon and Johonov, Salohiddin (2026) INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA PARVARISHIDA AZOTLI MINERAL O‘G‘ITLARNI HAR SUVDA QO‘LLASHNING TUPROQ SUV O‘TKAZUVCHANLIGIGA TA’SIRI. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 191-196.
706.pdf - Published Version
Download (372kB)
Abstract
Maqolada Surxondaryo viloyatining taqir-o‘tloqi tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zani parvarishlashda azotli mineral o‘g‘itlarni har bir sug‘orish suvi bilan bo‘lib qo‘llashning tuproq suv o‘tkazuvchanligiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqotlar davomida 2024-2026-yillarda turli sug‘orish usullari va sug‘orish oldi tuproq namligi tartiblarining suv o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, azotli mineral o‘g‘itlarni tomchilatib sug‘orish jarayonida har bir sug‘orish suvi bilan muntazam berish tuproqning suv o‘tkazuvchanligini oshirishda samarali bo‘lgan. 2026-yilda CHDNSga nisbatan 65-70-65 foiz namlik tartibida ushbu ko‘rsatkich 4-variantda 617 m³/ga, 70-75-65 foiz namlik tartibida esa 8-variantda 604 m³/ga ni tashkil etgan. Natijalar tomchilatib sug‘orish va azotli o‘g‘itlarni bo‘lib qo‘llash tuproqning suv-fizik xususiyatlarini yaxshilash hamda sug‘orish suvlaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from AGROINNOVATSIYA |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 13 Oct 2026 21:09 |
| Last Modified: | 13 Oct 2026 21:09 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/21358 |
