ME’DA ICHAK KASALLIKLARNI DAVOLASH UCHUN MO‘LJALLANGAN SUSPENZIYA TAXLIL USULLARINI ISHLAB CHIQISH

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 5 (2026): JANUBIY OROL BO'YI TIBBIYOT JURNALI; 442-449.

Rizaeva, Nilufar and Aripova, Nozima and Subxonov, Akbarjon (2026) ME’DA ICHAK KASALLIKLARNI DAVOLASH UCHUN MO‘LJALLANGAN SUSPENZIYA TAXLIL USULLARINI ISHLAB CHIQISH. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 5 (2026): JANUBIY OROL BO'YI TIBBIYOT JURNALI; 442-449.

[thumbnail of 2052.pdf] PDF
2052.pdf - Published Version

Download (456kB)

Abstract

Aholini yuqori sifatli dori vositalari bilan ta’minlash mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimining eng muhim vazifalaridan biridir. Ma’lumki, vismut preparatlari ichakning yallig‘lanish kasalliklarini (kolit, enterit), shuningdek, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligini davolash uchun qo‘llaniladi. Vismut tuzlari oshqozon yarasini keltirib chiqaradigan Helicobacter Pylori bakteriyalariga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan deyarli yagona faol moddadir. O‘z navbatida, vismutning antibiotiklar bilan birga qo‘llanishi ushbu bakteriyalar sabab bo‘lgan yara kasalligidan tuzalish darajasini oshirishga imkon beradi.
Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda zamonaviy farmatsiyaning dolzarb vazifalaridan biri oshqozon-ichak trakti kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan yangi, yuqori samarali va toksik bo‘lmagan dori vositalarini ishlab chiqishdan iborat. Mamlakatimiz tadqiqotchilari tomonidan vismut (III) biometalli va metronidazol asosidagi yangi koordinatsion birikma olindi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 13 Oct 2026 21:09
Last Modified: 13 Oct 2026 21:09
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/21376

Actions (login required)

View Item
View Item