HUDUDIY IJTIMOIY-GIGIYENIK BAHOLASH ASOSIDA BIRLAMCHI TIBBIY PROFILAKTIKA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. MAXSUS SON-3 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 591-599.

Ashurova, Manzura (2026) HUDUDIY IJTIMOIY-GIGIYENIK BAHOLASH ASOSIDA BIRLAMCHI TIBBIY PROFILAKTIKA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. MAXSUS SON-3 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 591-599.

[thumbnail of 2114.pdf] PDF
2114.pdf - Published Version

Download (457kB)

Abstract

Tadqiqot maqsadi — sogʻliqni saqlash tizimi rahbarlarining nuqtai nazaridan aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini (STT) shakllantirish boʻyicha ustuvor chora-tadbirlarni aniqlash va shu asosda birlamchi tibbiy profilaktika tizimini takomillashtirish yoʻnalishlarini asoslash. Material va metodlar. Fargʻona shahridagi tibbiyot tashkilotlarining 128 nafar rahbari va maʼmuriyat vakili (98,6% — oilaviy poliklinikalar xodimlari) 12 ta asosiy savoldan iborat maxsus anketa yordamida soʻrovdan oʻtkazildi; ularning javoblari shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining javoblari bilan qiyoslandi. Koʻrsatkichlar 95% ishonch oraligʻi (IO) bilan hisoblandi. Natijalar. Respondentlarning 72,9% i STTni shakllantirishda umumdavlat chora-tadbirlari va maxsus qonunchilikni hal qiluvchi omil deb hisobladi; fuqarolarning shaxsiy tashabbusini atigi 29,9% i, mahalliy hokimiyat faoliyatini 12,6% i, ish va oʻqish joylaridagi chora-tadbirlarni 11,2% i muhim deb topdi. Aholi salomatligini mustahkamlashda STTning oʻrni haqidagi yondashuvni rahbarlarning 65,9% (95% IO 58,5–71,8) i va shifokorlarning 67,8% (95% IO 62,8–73,2) i qoʻllab-quvvatladi, hamshiralarda esa bu koʻrsatkich ishonchli past boʻldi — 52,5% (95% IO 47,8–57,8). STT boʻyicha oʻzini toʻliq kompetent deb hisoblovchilar rahbarlarda 27,6%, shifokorlarda 36,4%, hamshiralarda atigi 7,6% ni tashkil etdi. Rahbarlarning 63,8% i STT tadbirlarini iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq deb bilsa-da, ularning optimal tashkil etilganini faqat 27,9% i qayd etdi; STTni takomillashtirishning ustuvor darajasi sifatida uchastka darajasi (79,4%) koʻrsatildi. Xulosa. Birlamchi tibbiy profilaktikani takomillashtirish uchun uchastka darajasida subyektlar oʻrtasida vakolat va masʼuliyatni aniq taqsimlash, oʻrta tibbiyot xodimlarining STT boʻyicha kompetentligini oshirish hamda raqamli axborot texnologiyalaridan keng foydalanish zarur

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 27 Oct 2026 21:09
Last Modified: 27 Oct 2026 21:09
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/22233

Actions (login required)

View Item
View Item