Mamatqulova, Nilufar (2026) MILLIY MAROSIMLAR MAZMUNI VA XARAKTERIDAGI OʻZGARISLAR. UNIVERSAL BOOKS AND MONOGRAPHS; Vol. 1 No. 2 (2026): UNIVERSAL BOOKS AND MONOGRAPHS; 189.
39076.pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Mazkur monografiyada jahonda yangi asrning ilk choragida jadallashgan globallashuv sharoitida yuzaga kelgan ijtimoiy-madaniy omillar ta’sirida milliy marosimlar mazmuni va xarakterida tub oʻzgarishlar sodir boʻla boshlaganligi va buni yangi ijtimoiy shart-sharoitlarda milliy marosimlar, bir tomondan, milliy oʻzlikni, tarixiy xotirani, ma’naviy qadriyatlarni va avlodlararo vorisiylikni ta’minlovchi vosita sifatida namoyon boʻlayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlar va tendensiyalar, yangicha turmush tarzi ta’sirida mazmunan va shaklan oʻzgarayotgan ijtimoiy institut tarzida zuhur boʻlayotganligi keng yoritilgan. Bu holat milliy marosimlarni oʻziga xos dinamik ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tadqiq etish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Jahonning etakchi ilmiy markazlarida milliy marosimlarni asrab-avaylash zaruriyati, ularni ajdodlardan avlodlarga etkazish yoʻllari, ular-ning ijtimoiy hamjihatlikni, milliy oʻzlikni ta’minlashdagi oʻrni keng tadqiq etilmoqda. Mazkur ilmiy izlanishlarning aksariyatida milliy marosimlar oʻzining barqaror va oʻzgaruvchan aspektlariga egaligi, bugungi kunda uning ana shu oʻzgaruvchan jihati turli omillar ta’sirida transformatsiyalashayotgani qayd qilinadi. Ijtimoiy-falsafiy tadqiqotlar bilan shugʻullanayotgan ilmiy markazlarda milliy marosimlar mazmunidagi oʻzgarishlarning chuqur tahlil qilinayotgani mavzuning dolzarbligidan darak beradi.
Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari” nomli ustuvor yoʻnalishga muvofiq bajarilgan.
Monografiya mazkur muammo doirasida ilmiy-tadqiqot ishini olib borayotgan olimlar, ilmiy tadqiqotchi-izlanuvchilar, talabalar va magistrantlarga moʼljallangan.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Universal Books and Monographs |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 02 Nov 2026 21:08 |
| Last Modified: | 02 Nov 2026 21:08 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/22857 |
