Xolmamatov, Sherali (2026) CHO‘L EKOTIZIMLARIDA SUDRALIB YURUVCHILARNING O‘RNI VA UMUMIY BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI. MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE; Vol. 4 No. 5 (2026): MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE; 177-182.
35250.pdf - Published Version
Download (264kB)
Abstract
Mazkur tezisda cho‘l ekotizimlarida sudralib yuruvchilarning ekologik o‘rni, trofik aloqalardagi ishtiroki, bioindikatorlik xususiyatlari va cho‘l sharoitiga moslashgan asosiy bioekologik belgilar tahlil qilindi. Sudralib yuruvchilar cho‘l biotsenozlarida hasharotlar, o‘rgimchaksimonlar, mayda kemiruvchilar va boshqa mayda umurtqalilar sonini tartibga soluvchi muhim yirtqichlar, o‘z navbatida esa yirtqich qushlar va sutemizuvchilar uchun ozuqa manbai sifatida xizmat qiladi. Ularning xulqiy termoregulyatsiyasi, suvni tejovchi fiziologik moslanishlari, mikrohabitat tanlovi, mavsumiy faollik ritmi va reproduktiv strategiyalari cho‘l muhitida yashab qolishning asosiy omillari hisoblanadi. Tezisda jahon ilmiy manbalari asosida reptiliyalar uchun asosiy xavf omillari — yashash muhitining buzilishi, fragmentatsiya, iqlim o‘zgarishi, transport va infratuzilma bosimi, ifloslanish va invaziv turlar ta’siri umumlashtirildi. Shuningdek, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston cho‘l landshaftlarida sudralib yuruvchilarni o‘rganishda faqat turlar ro‘yxatini tuzish emas, balki funksional bioekologik yondashuv zarurligi asoslab berildi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 06 Nov 2026 21:08 |
| Last Modified: | 06 Nov 2026 21:08 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/23337 |
