Stress va undan oson halos bo`lish usullari

ORIGINAL SOURCE
Originally published in Journal of Universal Science Research; Vol. 1 No. 12 (2023): JOURNAL OF UNIVERSAL SCIENCE RESEARCH; 402-406.

Nazarova, Dilnora and Rahimova, Indira (2023) Stress va undan oson halos bo`lish usullari. Journal of Universal Science Research; Vol. 1 No. 12 (2023): JOURNAL OF UNIVERSAL SCIENCE RESEARCH; 402-406.

[thumbnail of 6666.pdf] PDF
6666.pdf - Published Version

Download (260kB)

Abstract

Stress - odam va hayvonlarda kuchli ta'sirotlar natijasida sodir bo'ladigan o'ta hayajonlanish, haddan tashqari zo'riqish, asabiylik holatidir. Organizmda har xil ta'sirotlarga nisbatan rivojlangan nomaxsus neyrogarmonal reaksiya. Bu tushunchani birinchi bo'lib G. Selye fanga kiritgan bo'lib, u stressni organizmga zarar olib kelishi bilan birgalikda foydali jihatlari ham bor, bu holat organizm imkoniyatlarini ishga solib, salbiy ta'sirotlarga chidamliligini oshiradi degan edi. Stressning ko'payib ketishi tananing zaiflashishiga, kuchsizlanishiga, muammolarni hal qilish qobiliyatini yo'qolib qolishiga olib keladi. Tushkunlikka tushib qolgan insonlarning hayotidan quvonch yo'qoladi, umidsizlikka tushadi, boshi berk ko'chaga kirib qolib, undan chiqolmay qoladi. Hayot unga endi oq va qora ko'rinadi, muammolar yechimsizdek tuyila boshlaydi. Yana ularning qon tarkibida xavotir garmoni- kartizol garmoni paydo bo'ladi va qoni qo'yila boshlaydi. Buning oqibatida insonlarning ichki ruhiyatida, fiziologik holatlarda o'zgarishlar bo'ladi : bosh og'riydi, tushkunlikka tushib qoladi, kelajakka ishonchsizlik, hayotni salbiy taraflardan ko'rishni boshlaydi va yana uyqusizlik kabi salbiy, inson hayoti uchun xavfli holatlar yuzaga keladi. Ba'zi insonlar vaziyatdan chiqish uchun hech qanday harakatga qo'l urmidi va natijada hayoti izidan chiqib yomonlashib boradi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from Journal of Universal Science Research
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 07 Nov 2026 21:08
Last Modified: 07 Nov 2026 21:08
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/23376

Actions (login required)

View Item
View Item