G'ayrat, Toshboriyev (2026) BOLALARDA O'TKIR BRONXIT: ETIOLOGIYASI, KLINIK KECHISHI, ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH TAMOYILLARINING TAHLILI. MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE; Vol. 4 No. 6 (2026): MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE; 168-173.
36851.pdf - Published Version
Download (185kB)
Abstract
Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan nafas yo‘llari kasalliklaridan biri bo‘lgan o'tkir bronxitning etiologik omillari, patogenezi, klinik belgilari, diagnostik mezonlari hamda zamonaviy davolash va profilaktika usullari tahlil qilingan. O‘tkir bronxit bronx shilliq qavatining yallig‘lanishi bilan tavsiflanib, bolalar organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari tufayli kasallikning rivojlanish xavfi yuqori hisoblanadi. Kasallikning asosiy qo‘zg‘atuvchilari viruslar, bakteriyalar hamda ayrim hollarda allergik va ekologik omillar ekanligi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Maqolada o'tkir bronxitning yoshga bog‘liq klinik xususiyatlari, yo‘talning xarakteri, nafas yetishmovchiligi belgilari va umumiy intoksikatsiya sindromining namoyon bo‘lishi batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, laborator va instrumental tekshiruv usullarining diagnostik ahamiyati baholangan. Davolash jarayonida etiopatogenetik yondashuv, simptomatik terapiya, inhalatsion muolajalar hamda antibakterial preparatlardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari bolalarda o'tkir bronxitni erta aniqlash, asoratlarning oldini olish va samarali davolash choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Profilaktik tadbirlar, jumladan, immunoprofilaktika, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kasallanish ko‘rsatkichlarini kamaytirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 09 Nov 2026 21:13 |
| Last Modified: | 09 Nov 2026 21:13 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/23687 |
