Nurmatov, N.J (2026) POMIDOR SELEKSIYASIDA EKISH MUDDATLARINING SELEKSION FON SIFATIDAGI AHAMIYATI. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 257-262.
730.pdf - Published Version
Download (305kB)
Abstract
Mazkur maqolada janubiy O‘zbekistonning quruq subtropik iqlim sharoitida tezpishar pomidor nav namunalarining adaptivlik xususiyatlarini baholashda muhitning, xususan, ekish muddatlarining seleksion ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqotlarda pomidorning 10 ta nav namunasi uch yil davomida ikki xil ekish muddatida sinovdan o‘tkazilgan. Muhitning seleksiya uchun fon sifatidagi ahamiyati A.V. Kilchevskiy va L.V. Xotileva uslubi asosida nisbiy tabaqalovchi qobiliyati (Sek), mahsuldorligi (dk), tipikligi (tk) va bashorat qilish xususiyati (Pk) ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholangan. Tadqiqot natijalari ekish muddatlari va yillar kesimida muhitning genotiplarga ta’siri turlicha bo‘lishini ko‘rsatdi. Birinchi ekish muddatida aksariyat nav namunalarida yuqori mahsuldorlik kuzatildi. Shuningdek, muhitning tabaqalovchi ta’siri o‘rganilgan miqdoriy belgilarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar pomidorning yuqori adaptivlikka, ekologik barqarorlikka va mahsuldorlikka ega nav namunalarini tanlashda seleksion fonni to‘g‘ri belgilash hamda samarali seleksiya dasturlarini ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from AGROINNOVATSIYA |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 09 Nov 2026 21:13 |
| Last Modified: | 09 Nov 2026 21:13 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/23703 |
