SHAXMATNI O‘QITISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in UNIVERSAL BOOKS AND MONOGRAPHS; Vol. 1 No. 2 (2026): UNIVERSAL BOOKS AND MONOGRAPHS; 128 bet.

Boboqulov, Chori (2026) SHAXMATNI O‘QITISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI. UNIVERSAL BOOKS AND MONOGRAPHS; Vol. 1 No. 2 (2026): UNIVERSAL BOOKS AND MONOGRAPHS; 128 bet.

[thumbnail of 39246.pdf] PDF
39246.pdf - Published Version

Download (2MB)

Abstract

Mazkur o‘quv-metodik qo‘llanma umumta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda shaxmat bo‘yicha murabbiylar va instruktorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ota-onalarga ham farzandlarini shaxmatga mustaqil oʻrgatishda foydalanish imkonini beradi. Qo‘llanmada “Shaxmatni oʻqitish nazariyasi va amaliyoti” fani darslarining mazmuni, tuzilishi, oʻquv va amaliy vositalari hamda oʻqitishni tashkil etish usullari yoritib berilgan. Unda oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mutaxassislari tayyorlash jarayonida zarur boʻladigan kasbiy, nazariy, metodik va amaliy tayyorgarlik masalalari ham oʻz ifodasini topadi. Shuningdek, qo‘llanmada shaxmat tarixi va uning rivojlanishi, O‘zbekistonda shaxmat sportining taraqqiyoti va tarbiyaviy ahamiyati, shaxmat taxtasi hamda undagi figura (sipoh) turlari bilan tanishtirish, shaxmat oʻyinining ochilish, oʻrta va yakuniy bosqichlari, kombinatsiyalar va ularning paydo boʻlishi kabi masalalarga keng oʻrin berilgan. Unda amaliyotga oid zamonaviy yondoshuvlar va innovatsiyalar haqida ham to‘liq ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur qo‘llanma jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan mutaxassislik talabalari uchun davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalariga muvofiq tayyorlangan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma Termiz davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Boboqulov Chori Urolovich tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar mazmuni bilan hamohang bo‘lib, shaxmat o‘qitish nazariyasi va amaliyotini ta’lim jarayoniga joriy etish imkoniyatlarini o‘zida aks ettiradi. Unda bayon etilgan nazariy-metodik yondashuvlar, shaxmat mashg‘ulotlarini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari hamda uning tarbiyaviy ahamiyatiga oid qarashlar ilmiy ish natijalarini amaliyotga tatbiq etishda qo‘llanishi mumkin. Qo‘llanma jismoniy madaniyat va sport sohasida mutaxassis tayyorlash samaradorligini oshirishga, shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida shaxmat o‘yinidan foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy izlanishlarni boyitishga xizmat qiladi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from Universal Books and Monographs
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 16 Nov 2026 21:08
Last Modified: 16 Nov 2026 21:08
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/24355

Actions (login required)

View Item
View Item